109
Sintetik schotlarning
OBOROT VEDOMOSTI, 2020-yil iyul
5.1-jadval
№
Sintetik
schotlar nomi
1-iyulga qoldiq
Iyul oyidagi oborot
1-avgustga qoldiq
Debet
Kredit
Debet
Kredit
Debet
Kredit
1
Asosiy
vositalar
1 480 000
-
-
-
1480 000
-
2
Xomashyo va
materiallar
2 820 000
-
1 548 000 1 332 000 3 036 000
-
3
Asosiy
ishlab
chiqarish
164 400
240 000 1 332 000
-
1 496 400
240 000
4
Kassa
3 900
-
400 000
400 000
3 900
-
5
Hisob-kitob
schoti
3 186 700
-
2 200 000 3 000 000 2 386 700
-
6
Boshqa debi-
torlar qarzi
3 400 000
-
-
2200 000
1200 000
-
7
Boshqa
majburiyatlar
-
140 000
140 000 110 000
110 000
8
Ustav
kapitali
-
3 000 000
-
-
-
3 000 000
9
Taqsimlanma
gan foyda
-
395 000
-
-
-
395 000
10 Xodimlar bi-
lan
mehnat
haqi bo‘-
yicha hisob-
lashuvlar
-
680 000 461 000
491 000
-
710 000
11 Mol yetkazib
beruvchilar
va
pudratchi-
larga to‘lana-
digan schot-
lar
-
6 600 000 3 000 000 1 548 000
-
5 148 000
J a m i
11 055 000 11 055 000 9 081 000 9 081 000 9 603 000 9 603 000
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot vedomosti avvalo nazorat
ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni
aniqlashga imkon beradi. Agar oborot vedomostidagi juftliklardan
birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro
teng chiqmasa, buning
sababi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1.
Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri
yozilgan, ammo uning bilan korrespondensiyalangan schotning krediti
110
bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki
aksincha bo‘lishi mumkin.
2.
Buxgalteriya provodkasining summasi
bitta schotning debetiga
ikki
marta yozilib, ammo boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan
yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta yozilib, uning bilan
korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi
mumkin.
3.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga
ikki marta va boshqa schotning kreditiga ikki marta yozilgan.
4.
Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa
schotning kredit qoldig‘i va (yoki) debet oboroti sifatida yozilgan
bo‘lishi mumkin.
5.
Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib
qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va o‘z
mulklariga ega bo‘lmagan, noishlab chiqarish
sohasidagi kichik kor-
xonalarda joriy buxgalteriya hisobi yozuvlarining to‘liqligi va
ishonchliligi «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yordamida
nazorat qilinadi.
Ushbu daftarni 4-Bob 4.3-paragrafida keltirilgan ma’lumotlaridan
foydalanib to‘ldiramiz.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Daftari (5.2-jadval)
mazmunidan ko‘rinadiki, korxona tomonidan amalga oshirilgan barcha
xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha umumiy summa 46000 so‘mni tashkil
etgan. Uni tashkil etuvchi yig‘indi debet bo‘yicha ham
(10000+30000+3000+3000), kredit bo‘yicha ham (33000+10000+3000)
bir xil, ya’ni 46000 so‘mga teng.
Balansida asosiy vosita va boshqa mulklarga ega bo‘lgan, bir
turdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish
bilan shug‘ullanadigan kichik tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik
faoliyatining oylik natijalarini umumlashtirish
uchun shaxmat vedo-
mostidan foydalanadi. Uni to‘lg‘azishning asosiy tartibi shundan
iboratki, u hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalari bo‘yicha
schotlar korrespondensiyalari asosida tuziladi. Shaxmat vedomosti
istalgan satrining navbatdagi ustun bilan kesishgan har bir katagi
debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotning jami summasini bildiradi.
Boshqacha
aytganda, summa bitta schotning debeti u bilan
korrespondensiyalanadigan boshqa schotning krediti bilan kesishadigan
katakka bir marta yoziladi.