R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


 Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

5.3. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi 
 
Buxgalteriya hisobida schotlar yordamida korxonalar mablag‘la-
rining holati, shu mablag‘lar manbalari, shuningdek, mablag‘larning 
xo‘jalik jarayonlaridagi harakatlari tezkor ravishda umumlashtirilib 
hisobga olib boriladi. Masalan, «Xomashyo va materiallar» schotida 
xo‘jalikdagi jami xomashyo va materiallarning harakati, «Asosiy ishlab 
chiqarish» schotida hamma turdagi xarajatlar va mahsulotlarning hara-
kati, shuningdek, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘la-
nadigan schotlar» schotida barcha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar 
bilan olib boriladigan hisoblashuvlar va hokazolar umumlashtirilib aks 
ettiriladi. Lekin korxonalar mablag‘larni but holida saqlashni ta’minlash 
va samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish uchun, ularning har bir 
turi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham bo‘lishi zarur. Chunki «Asosiy 
ishlab chiqarish» schotida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar 


104 
to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar bilan birga ma’lum vaqtga 
xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, urug‘lik, amortizatsiya va 
hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har 
bir turi bo‘yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) xarajatlar 
summasi va turlari bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar ham 
bo‘lishi zarur. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schotlar» schotida korxonaning ma’lum bir davrga mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz summasi ko‘rinib turishi 
bilan birga har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan 
hisoblashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Shunday qilib, deyarli hamma schotlarda ham umumiy ko‘rsat-
kichlar bilan birga tafsiloti aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur 
ekan. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hisob obyektlarini 
umumlashtirib hisobga oladigan (sintetik) schotlar bilan birga ularni 
turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan (analitik) schotlardan 
foydalanishga zarurat tug‘iladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya’ni sintetik va 
analitik schotlar qo‘llaniladi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin