117
aks
etayotgani uchun u ikkita, ya’ni «Xomashyo va materiallar» schoti
va «Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak.
Misol: Xo‘jalikda paxta yetishtirish uchun 21000 so‘mlik mineral
o‘g‘it sarflandi. Bu xo‘jalik muomalasi natijasida «Asosiy
ishlab
chiqarish» schoti 21000 so‘mga ko‘payadi. Aktiv schotlarning
ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatilishi sababli bu summani «Asosiy
ishlab chiqarish schoti»ning debet tomoniga yozamiz.
Bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda «Xomashyo va materiallar»
schotida hisobga olinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori kamayadi.
Ma’lumki, aktiv schotlar bo‘yicha kamayish kredit tomonida
ko‘rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi «Xomashyo va
materiallar» schotining kreditiga yoziladi.
Mazkur muomala schotlarda
quyidagicha aks ettiriladi:
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘m.
Kredit «Xomashyo va materiallar» schoti 21000 so‘m.
Yuqoridagi muomalani schotlarga quyidagicha yozamiz:
«Xomashyo va materiallar» «Asosiy ishlab chiqarish»
schoti schoti
Dt
Kt
Dt
Kt
Saldo
1) 21000
Saldo
1) 21000
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik
muomalasini schotlarda ikkiyoqlama
aks ettirganimizda summalar
tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik muomalalarini schotlarga
yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Uni quyidagi
tengliklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin:
barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar
(saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar
bo‘yicha debet va
kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv
sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi.
Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S'
dt
deb, sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S'
kt
deb belgilasak,
unda boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik
modeli quyidagicha bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: