121
1.
Mazkur material turiga bo‘lgan ehtiyoj vujudga kelgan vaqtda.
Agar bu haqdagi birinchi ma’lumot sex boshlig‘i tomonidan ta’minot
bo‘limiga berilgan buyurtma ko‘rinishida taqdim etilganda.
2.
Buyurtmaga muvofiq ta’minot bo‘limi buyurtma rasmiylash-
tirgan va mol yetkazib beruvchiga jo‘natganda.
3.
Mol yetkazib beruvchi transport tashkilotining yuklab jo‘natish
hujjati (tovar-transport nakladnoyi) bilan
tasdiqlangan schot-faktura
to‘ldirgan va jo‘natishni rasmiylashtirganda.
4.
Buyurtmachi shartnoma va schot-fakturaga muvofiq oldin
to‘lovni amalga oshirganda.
5.
Omborchi olingan materiallar uchun buxgalteriyaga kirim orderi
taqdim etganda.
6.
Buxgalter ushbu materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchidan
schot-faktura va boshqa zarur hujjatlarni olganda.
7.
Buxgalter ushbu materiallar uchun
hisob-kitob schotidan pul
o‘tkazilganligi to‘g‘risida bank ko‘chirmasini olganda.
Yuqorida keltirilgan xo‘jalik operatsiyalaridan 3, 4 va 5 lari
buxgalter uchun muhim bo‘lib, ular mulkka bo‘lgan egalik huquqining
xaridorga o‘tishi bo‘yicha umum qabul qilingan
qoidalardan kelib chi-
qadi. Shunga ko‘ra, xo‘jalik operatsiyasi shartnoma shartlariga muvofiq
mazkur materiallarga mulkiy huquqning mol yetkazib beruvchidan xari-
dorga o‘tgan va keyinchalik qoplanishi lozim bo‘lgan majburiyatning
vujudga kelishi paytida ro‘yxatga olinishi mumkin.
Ushbu operatsiya
ikkita schotga ta’sir ko‘rsatadi: 1010- «Xomashyo va material-lar»
schoti va 6010- «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schoti. Ushbu schotlarning
balans munosabatiga
ko‘ra mazmunini bilish keyinchalik ushbu xo‘jalik muomalasini buxgal-
teriya yozuvi ko‘rinishida qiyinchiliksiz aks ettirish imkonini beradi.
1010- «Xomashyo va materiallar» schoti aktiv bo‘lib, mulklarning qol-
dig‘i va ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatiladi. 6010- «Mol yetkazib be-
ruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» esa passiv bo‘lib, mav-
jud majburiyatlar va ularning ko‘payishi kredit tomonida aks ettiriladi.
Demak, yuqorida keltirilgan xo‘jalik operatsiyasi quyidagi
buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
D-t 1010- «Xomashyo va materiallar» schoti
K-t 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar» schoti
122
Ushbu xo‘jalik muomalasi hisobda 6 va 7
amallar bajarilgandan
so‘ng ham aks ettirilishi mumkin. Chunki, mazkur variant ham amaldagi
qonunchilikka zid emas.
Buxgalteriya yozuvlarini tuzish uslubi quyidagi jadval ko‘rinishida
ifodalanishi mumkin (5.9-jadval).
Dostları ilə paylaş: