Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan tevarak atrofni o`rganish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o`tkazilgan tajribalardan shuni ko`rish mumkin-ki bolalar tevarak atrofii orientirovka qilishga o`rganayotganlaridayoq oddiy terminlardan murakkabroqqa, tevarak atrof terminlariga o`ta boshlaydilar. Ularning nutqlaridagi "shu erda", "u erda", "mana" kabi so`zlari (biror predmetni ko`rsatib, aytib) "yonida", "yaqinda", "yonma-yon" kabi yangi terminlar bilan, almashinishi buning yaqqol guvohi bo`la oladi.
Ularning bu terminlardan foydalana boshlashi, predmetlar oralig`ini aniqlay bilishi boshlang`ich bilimlarning rivojlanishidir.
Bolaning yanada o`rganishi natijasida sekin-asta bu terminlar yana ham boyib boradi va u "oldinda", "oldin", "orasida", "orqada" va h.k. larni tushuna boshlaydi. Bolaning bulardan foydalanishining hammasi "yonida", "yaqinida", "yonma-yon" kabi tushunchalarni yaxshi egallanishining natijasidir.
Predmetlarning "birin-ketin", "ketma - ket" qo`shilishi bolalarda bir gruppa predmetlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi.
Masalan hamma o`yinchoqlar ketma - ket turibdi, lekin quyon oldinda, matryoshkalar o`rtada, qo`g`irchoq esa oxirgi orqasida turibdi.
Bola orientirovka qilishga o`rganayotganida "yonma-yon" so`zining ma`nosiga keyinroq tushunadi, yoki "o`rtada", "orasida" kabilarni o`rganib bo`lgach, keyinroq "atrofida", "chetida", yoki "yonidan", yana keyinroq borib bola bu so`zlarni atroflicha tushuna boshlaydi va chap tarafdami? Yoki o`ng tarafdami? farqlay boshlaydi. Lekin bolalarga tevarak atrofni orientirovka qilishga o`rgatish ishini turli yo`llar va yo`llanmalar bilan tushintirish kerakligini unutmaslik kerak.
Adabiyotlar:
1. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Qosimova X.I. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". 2. Stolyar A.A. "Formirovanie elementarnix matematicheskix predstavleniy u doshkol`nikov". M., 1988. 3. Museynova T. "Formirovanie nekotorix prostranstvennix orientatsiy. Doshkol`noe vospitanie, 1987 y, 4 soni. 4. Metlina L.S. "Bolalar bog`chasida matematika" - 1981 y. 5. Leushina AM. "Formirovanie elementarnix matematicheskix predstavleniy u detey doshkol`nogo vozrasta. M. - 1974y. 6. www.pedagog.uz