R. I. Isayev, D. X. Ibatova multimеdiali aloqa tarmoqlari toshkent 2018 udk: 621. 391 Bbk 32. 94 G95


Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash



Yüklə 8,17 Mb.
səhifə19/118
tarix21.10.2023
ölçüsü8,17 Mb.
#159429
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
02 ИСАЕВ устоз МАТ китоби

Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash. Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni klassifikatsiyalash quyidagi xizmatlar guruhidan tashkil topgan:

  • boshqa aloqa operatorlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar (provayderlarga);

  • korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari;

  • individual foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari.

Bu guruhlar bir-biridan xizmatlar nomenklaturasiga va operator infrastrukturasini rivojlantirish darajasiga bo‘lgan talablarga nisbatan ajralib turadi.
Boshqa operatorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar nomenklaturasi bir qator ustunliklarga ega. Chunki boshqa operatorlar bilan munosabat yoki resurslarni ulgurji sotish uchun “ulgurji operator” – “chakana operator” sxemasi asosida quriladi yoki ma’lumotlar almashish xizmatiga olib keladigan teng kuchli munosabat asosida quriladi.
Korporativ mijozlar, yirik va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik korporativ mijozlar, individual foydalanuvchilar ishlata oladigan xizmatlar (bazaviy telefon, kommutatsiyalangan ulanish, DSL va boshqalar) to‘plamidan foydalanishlari mumkin.
Mijozning ulanishi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi. Mijozning ulanishi bo‘yicha xizmatlar klassifikatsiyasi bazaviy xizmatlarni taqdim etish usulini aniqlashtirishga imkon yaratib beradi va ushbu xizmatni yetkazib berish uchun ishlatiladigan infrastruktura asosida yotuvchi tarmoq ierarxiyasining quyi sathlarini ko‘rsatadi. Ulanish usullari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- kommutatsiya qilinayotgan telefon kanallari yoki ISDN kanallari;
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega SDH kanallari;
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega Frame Relay kanallari;
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega ATM kanallari;
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega Ethernet kanallari;
- xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL) texnologiyalari;
- passiv optik tarmoqlar (Passive Optical Network, PON);
- koaksial sim va optik tola asosidagi gibrid tarmoqlar (HFC);
- simsiz aloqa tarmoqlari.
Yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalar asosida tavsiflab berilgan xizmatlarni aniqlashtirish mumkin. Masalan, «Internet tarmog‘iga Frame Relay kanali bo‘yicha va ADSL texnologiyasini ishlatgan holda ulanish» ikkita turli xil xizmatlarga bo‘linadi. Ulardan birinchisi operatorlar va korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi korporativ va individual mijozlar uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 8,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin