tarmoqni va uning ayrim elementlarining rekonfiguratsiyasi;
rivojlanish bilan bog‘liq xizmatlar va ishlarni rejalashtirish;
tarmoqni ma’lumotlar bazalarini yaratish va yuritish tushuniladi.
Bu vazifalar tarmoq parametrlarini va boshqariluvchi elementlarni konfiguratsiyalashdan iborat. Shlyuzlar, marshrutizatorlar, multipleksorlar va boshqa elementlar uchun bu vazifalar guruhi yordamida tarmoq manzillari, identifikatorlar, geografik holati aniqlanadi, tarmoq elementlari orasidagi aloqalar va foydalanish jarayonida bu aloqalarning o‘zgarishi, yangi mantiqiy yoki fizik kanallarning tashkil etilishi, kommutatsiyalash va marshrutlashtirish jadvallarining o‘zgarishi aks ettiriladi.
6.1-jadval
Tarmoqni boshqarish masalalari
tarmoqdagi reglamentli va avariya holatlaridagi ishlar haqida foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish tushuniladi.
Vazifalarning bu guruhi yana o‘z ichiga tarmoq ishidagi to‘xtab qolishlar va rad etishlarning oqibatlarini aniqlash, tavsiflash va bartaraf etishni qamrab oladi. Bu sathda faqat xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarni qayd etishgina emas, balki ularni ma’lum bir korrelyatsion model asosida filtrlash, marshrutlash va tahlil qilish ishlari ham bajariladi. Filtrlash, xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlarning jadal oqimidan faqat eng muhim xabarlarni ajratib olishga imkon beradi. Marshrutlash, ularni kerakli elementga yetkazib berishni ta’minlaydi, korrelyatsion tahlil esa o‘zaro bog‘liq xabarlarning oqimini yuzaga keltirgan sababni (masalan, kabelning uzilishi, tarmoqlar va serverlarga kirish mumkin emasligi to‘g‘risida katta miqdordagi xabarlarning sababchisi bo‘lishi mumkin) topishga imkon beradi. Xatolarni bartaraf etish avtomatik tarzda ham, yarimavtomatik tarzda ham bo‘lishi mumkin.