Jismoniy holat – inson hayotining u yoki bu davrida salomatligi, jismoniy va ruhiy xususiyatlari hamda qobiliyatlarining o‘zaro mutanosiblikdagi jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Jismoniy rekreatsiya (tiklanish) – harakat faolligining mo‘’tadil tashkil etilgan jarayoni bo‘lib, jismoniy madaniyat vositalari orqali bir muncha pasaygan ruhiy-jismoniy ish faoliyatining tiklanishini nazarda tutadi. Jismoniy rekreatsiya shakllarga gigiyenik gimnastika, turli xil turizm shakllari, yurish, yugurish, sayr, cho‘milish va suzish, velosipedda sayr, to‘p bilan turli xil o‘yinlar, sog‘lomlashtirish guruhlaridagi mashg‘ulotlar, aerobika va hk. lar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy rekreatsiya- jismoniy nagruzkalar elementlari orqali faol dam olishning turli ko‘rinishlarida organizmdagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish deganidir.
Jismoniy reabilitatsiya – jismoniy madaniyat vositalari orqali, inson organizmi ish faoliyatining to‘liq yoki qisman tiklanish jarayoni hisoblanadi. U asosan turli xil kasalliklar yoki jismoniy zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladigan patologik holatni bartaraf etishni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda uning mazmuni, uning mohiyatini ochishga yordam beradigan tushunchalar va atamalar, insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida o‘zgarib, doimiy ravishda takomillashib, chuqurlashib, ilm-fan taraqqiyoti asosida aniqlashtirib boriladi.
KELAJAK AVLODNI SHAKLLANTIRISHGA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING AHAMIYATI
THE IMPORTANCE OF PHYSICAL TRAINING AND SPORTS FOR THE FORMATION OF THE FUTURE GENERATION ЗНАЧЕНИЕ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ И СПОРТА ДЛЯ ФОРМИРОВАНИЯ БУДУЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ
X.A.Meliyev Jizzax DPI professori
Annotatsiya: Mazkur maqola kelajak avlodni shakllantirishda jismoniy tarbiya ahloqiy fazilatlari, estitik histuyg’ularini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Kalit so`zlar: yosh avlod, kelajak avlod, barkamol shaxs, jismoniy tarbiya, sport. Аннотация: Данная статья направлена на всестороннее развитие нравственных качеств физического воспитания, эстетических чувств в формировании подрастающего поколения.
Ключевые слова: молодое поколение, будущее поколение, гармоничная личность, физическая культура, спорт.
Annotation: This article is aimed at the comprehensive development of the moral qualities of physical education, aesthetic feelings in the formation of the next generation.
Keywords: young generation, future generation, harmonious personality, physical education, sports
Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirish, ularda sog’lom turmush tarzni qaror toptirishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’ginlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ustuvor masalalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasining “Talim To’g’risida” gi qonuni, Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni, Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 3-iyunda “O’quvchi va talaba yoshdagi sportga jalb qilishga qaratilgan o’zluksiz sport musobaqalarini tizimini tashkil etish to’g’risida”gi qaror, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid hujjatlar qarorida belgilangan vazifalar, talim muassasalarida bugungi kunda eng dolzarb masala, ya’ni yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sport harakatlarini kuchaytirish, uchun ommaviyligini oshirishga qaratilgan. Ushbu qaror va farmoyishlar barcha ta’lim tizimiga yosh avlodni jismoniy baquvvad, chaqon irodali, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini yangi usullar bilan tashkil qilish va o’tkazish, o’quvchi-yoshlarni sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb qilish va rivojlantirish hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’naltirilgan.
Mazkur qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlarni hayotga tadbiq etishga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markaziy, xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg’armasi, Yoshlar ittifoqi kengashi hamda bir qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o’quvchi-yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sog’lomlantirish, ishlarini sportga kengroq jalb qilish hamda sport turlarining ommaviyligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda.
Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sog’lomlantirish ishlarini yanada takomillashtirish yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sport harakatlarini kuchaytirish muhim pedagogik-psixologik ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov “Sog’lom va kelajak avlodni tarbiyalash-kelajagi buyuk davlat poydevorini qurish, dunyoda o’zimizga yuksak obro’ egallash demakdir”.
Mamlakatimizda bugungi kunda maktabgacha yoshlardagi tarbiyalanuv- chilar o’rtasida tashkil etilgan. “Sog’lomjon va palvonjon”, yoshlar orasida “Futbol g’unchasi”, “Yoshlik” “Futbol kelajagi”, “Umid” kuboklari, maktab-internet o’quvchilari o’rtasida respublika birinchilari, o’quvchi va talaba-yoshlar o’rtasida “Quvnoq startlar”, “Umid nihollari”, “Kelajak avlod”, “Universiada” hamda “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari hamda xotin-qizlar Spartakidasi, mahallalarda “Futbol kelajagi”, “Mahallamiz palvonlari”, “Sog’lom oila” oilaviy sport musobaqalari, Milliy sport turlari va xalq o’yinlari, “Alpomish” va “Tumaris” festivali kabi tadbirlarnshular jumlasidandir.
Mazkur jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarishning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar belgilangan:
- Uzviylik va davomiylik;
- Tizimli boshqaruvlik;
- Maqsadlilik va samaradorlik;
Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport o’yinlarini dasturiy yondashuvi asosida boshqarishning yuqoridagi tizimi mazkur tadbirlarning uzviyligi va davomiyligi ta’minlaydi.
Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tizimining amalga oshirilishi bu boradagi vazifalarning ijobiy hal etilishiga bog’liq. Jumladan:
- O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni doirasida o’quvchi-yoshlarni sportga jalb qilishning yagona tizimi yaratilgan, bu esa o’quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlaydi;
- Jismoniy tarbiya va sport harakatlarining ommaviyligini ta’minlash asosida barcha yoshdagi o’quvchi-yoshlar sog’ligini tikashga alohida e’tibor qaratilgan va sport turlari bo’yicha iqtidorli yoshlardan mamlakat jamoalarini shakllantirish tizimi yaratgan;
- Bolalar va o’smirlar sport maktablari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o’qituvchilari faoliyatini samarali nazorat qilish va baholash tizimini yaratish ta’minlangan;
- Joylardagi sport komplekslarini yanada rivojlantirish, mavjud tizimlarni takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish, sog’lom muhit yaratish imkoni mavjud;
- Keng miqyosda sport kiyimlari va anjumanlarini ishlab chiqarish tizimlarini yaratilgan, mavjudlari esa takomillashtirilgan va kengaytirilgan.
O’quvchi-yoshlarda sog’lom turmush tarziga intilish va qiziqishni shakllantirish, yoshlar sporini ommaviy rivojlantirish tizimini yaratish bo’yicha quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir:
1. Ommaviy sportni rivojlantirishda, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, bolalar va o’smirlar sport maktablarida yoshlar orasida ko’proq “Quvnoq startlar”, turli-tuman xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar tashkil etish va o’tkazish.
2. Barcha ta’lim muassasalarida, mahallarda va aholi o’rtasida sport bayramlarini tashkil qilish hamda sportni umumxalq harakatiga aylantirishga qaratilgan tadbirlarni rivojlantrish.
3. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida o’quvchilar va talaba yoshlar orasida sog’lom turmush tarziga ehtiyojni shakllantirish.
4. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda uzviylik va uzluksiz tamoyillariga tayanish.
5. Jismoniy tarbiya va sog’lomlantirish ommaviy – sport ishlari va sportning milliy turlarini rivojlantirish.
6. Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy – uslubiy va tibbiy jihatdan ta’minlash.
7. Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish.
8. Respublika yoshlari o’rtasida O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini amaliyotga joriy etish.
9. Yosh sportchilarni tayyorlash va ularning Osiyo xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar va qulay imkoniyatlarni yaratib berish.
10. Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
11. Kelajak avlodning sog’lom turmush madaniyatini shakllantirish va bu jarayonda uzluksizlikni amalga oshirishni ta’minlashda jismoniy tarbiya va sportning yaxlit andozasini yaratish.
12. Kelajak avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportni yangi pog’onaga kutarishdan iborat. Shunday qilib kelajak avlodni shakllantirishda jismoniy tarbiya ahloqiy fazilatlari, estitik histuyg’ularini har tomonlama rivojlantirib boradi.
Shuning uchun ham, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy tuz olgan uch bosqichli sport musobaqalarini mazmunan takomillashtirish ular tarkibining sport turlari bo’yicha uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, musobaqalarning yoshlarga quvonch, zavq bag’ishlash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish talab etildi.
Dostları ilə paylaş: |