Interfaol yondashuv. O’qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun qulay muhit yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.Ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.)masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar.
Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.
Loyihalash metodi orqali o’quvchilarda quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash; motivatsiya.
Tanqidiy tafakkur metodi Muammoli modulli ta’lim metodi. Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llashni nazarda tutadi. Mazkur metod o’qitishning turli modellarining didaktik asosini tashkil etib, o’qitish vositalari va pedagogik texnikaning qo’llash usulari bilan farqlanadi. U o’quv predmetini nisbatan kichik bo’laklarga – modullarga bo’lishni ifodalaydi.
O’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchiodamni Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ tushunchasida kishining nasl-nasabi mujassamlashgandir.
Loyihalash metodi - o’quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladigan o’qitish tizimidir.
ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va h.k.) masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar.
Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o’quvchilarda motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, shart hisoblanadi.
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o’ziga ishonch; o’qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko’ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko’ra bilish; tashxislash.
KLASTER (Klaster-tutam, bog`lam)-axborot xaritasini tuzish yo’li - barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g`oyalarni yig`ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog`oz varag`ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi.
Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog`liq so’z va takliflar kichik doirachalar "yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi. Ularni "asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo’ldoshlarda” "kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g`oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy) alomat.
Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi.
Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Toifalarni jadval ko’rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga mos ravishda bo’ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o’zgarishi mumkin. Yangilari paydo bo’lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti