BBB Jadvali - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishdilar. Alohida kichik guruhlarda jadvalni rasmiylashtiradilar.
"Mavzu bo’yicha nimalarni bilasiz” va "Nimani bilishni hohlaysiz” degan savollarga javob beradilar (oldindagi ish uchun yo’naltiruvchi asos yaratiladi). Jadvalning 1- va 2-bo’limlarini to’ldiradilar.
Ma’ruzani tinglaydilar, mustaqil o’qiydilar.
Mustaqil kichik guruhlarda jadvalning 3-bo’limini to’ldiradilar.
VENNA diagrammasi 2- va 3-jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
VENNA diagrammatuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar.
Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalrini taqqoslaydilar va to’ldiradilar.
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki-uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
1. Aylana yoki to’g`ri to’rtburchak shakllaridan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
2. Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g`ri chiziqli, to’g`ri chiziqli emasligini o’zingiz tanlaysiz.
3. Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA HIKMATLARDAN FOYDALANISH ORQALI TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH A.I.Djumayeva, Namangan viloyati Pop tumani 10-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida 6 ta tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilandi. Mazkur kompetensiyalarni boshlang‘ich sinflardan boshlab shakllantirish bugungi kunning asosiy talabi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib oddiy savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish, orasta kiyinish, o‘quvchilarning olgan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tutish, so‘z boyligini shakllantirish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishning dastlabki ko‘nikmalari shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya – muloqotda muomala odobiga rioya qilish; suhbatdoshining fikrini tinglay olish, o‘z fikrini tushuntira bilish; o‘zini tuta olish; muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilish kabi elementlarni o‘z ichiga olib, bu suhbatlashish, til bilan bog‘liq bo‘lgan hikmatlarni o‘rganish orqali namoyon bo‘ladi. Masalan: Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Tilingni avayla omondir boshing, So‘zingni avayla uzayar yoshing. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi – kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish; o‘zini xato va kamchiligini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qilish, xatolarini tuzatishga harakat qilish; halollik, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ega bo‘lish; yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlash, yaxshi fazilatlarga rioya qilish kabi elementlardan iborat. Ushbu sifatlarni o‘quvchilarda shakllantirish jarayoni bevosita Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Abdulla Avloniy kabi buyuk mutafakkirlarning ijod namunalari bo‘lgan hikmatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi isbotlangan. Yaxshining yaxshiligi tegar tor yerda Yomonning yomonligi tegar har yerda. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; muomala madaniyatiga amal qilish (kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga ega bo‘lish); oiladagi o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglay olish; maktab binosi, sinfdagi jihozlar, mebellarni asrab-avaylash. Yurt qo‘risang o‘zarsan, qo‘rimasang to‘zarsan. Umummadaniy kompetensiyalar – san’at asarlarini tahlil qilish; maktabning ichki tartib- qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish; milliy qadriyatlar (milliy-madaniy an’analar, bayramlar, sayillar)ni bilish. Har bir kishining qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishidadir. (Abu Rayhon Beruniy) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - bir kunlik harajatlarini hisoblashni bilish; milliy o‘yinlarimizning qanday paydo bo‘lganligini bilish; o‘quv qurollarini saranjom saqlash; oilasida nechta odam borligi, kim katta-yu, kim kichikligini bilish. Kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘l. Iqtisod qilgan kishi faqir bo‘lmas. O‘zbek xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadryati hamda o‘ziga xos an’analari mustaqillik sharofati bilan saqlab qolishga erishildi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’navaiy va madaniy merosini tiklash, milliy o‘zlikni anglashni o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalaridan, uning ildizlariga qaytarishdan iborat uzviy tabiiy jarayon deb hisoblaymiz. Asosiysi, milliy odob-axloq, hikmatlar farzandlarimizni halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa ota-onalarni hurmat qiladigan ma’naviy yetuk qilib tarbiyalaydi.