SIN FIY VA NOSINFIY ZAMONAVIY B O SH Q A RISH MAKTAB LARI
Boshqarish xususiyatlariga zamonaviy boshqarish maktablarining shakllanishi
asosan XIX asming birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Shu davrlarda eng yaxshi boshqarish nazariyasining o‘tmishdoshi boiib
kelgan ikkita maktabni ajratib ko‘rsatish joizdir:
1. F. Teylor (1865—1915) asos solgan «ilmiy menejment» maktabi. Uning
mohiyati shundan iboratki, moslashtirilgan ishlab chiqarish uslublarini tatbiq
qilishga belgilangan standartlami mos kelishidir. Teylorizm keyinchalik T.
Emerson va G. Ford tomonidan rivojlantirildi.
2. Insoniy munosabatlar maktabi. Uning asoschilari E. Meyo, F. Rotlisberger
hozirgi zamonda ijtimoiy-ruhiy metodlami rivojlanishiga asos soldilar.
Yuqoridagi bu ikki maktab orasidagi tortishuvlar natijasida yangi boshqarish
maktablari vujudga keldi va rivojlandiki, ularga quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
Sinfiy maktab. Bu maktab ilmiy menejmentning birinchi yo‘nalishi bo‘lib
hisoblanadi va u o‘tgan asming boshlarida vujudga keldi. Sinfiy yoki an’anaviy
maktablar boshqarishni umumiy tamoyillarini ishbilarmonlik va ishlab chiqarish
faoliyati asosida shakllantirishga intildilar. Boshqarishni tashkil qilish ilgaritdan
konstmksiyalanib qo‘yilgan huquqiy tizim orqali bo‘lib, unda faqat rasmiy
ahamiyatga ega bo‘lgan «inson-mashina» munosabatlari asosiy o‘rin egallagan.
Eng katta kamchiliklari «inson omiliga» yetarli e’tibor bermaslik, inson xulqi,
motivlar haqidagi tasawuming sayozligidir.
Ikkinchi maktab — sinfiy boshqarish maktabi o‘rniga kelgan «Inson
Dostları ilə paylaş: