Qoidadan ko‘rinib turibdiki, nazorat xodimlarga kamroq buyruq berib, ko‘proq tashkilot tomonidan belgilangan rejalami muvaffaqiyatU bajarilishiga, ichki va tashqi muhit ehtiyojlarini qondirish tartibiga baho berish munosabatini anglatadi. «Nazorat» so‘zi dastlab tashkilot x o ‘jalik faoliyati amaliyotini buxgalteriya hisobida aks ettirishda foydalanilgan. Am m o sinfiy menejmentda nazorat funksiyasi tashkilotni kerakli (ishonchli) y o ‘lda ushlab turish, uning faoliyat ko‘rsatkichlarini belgilangan standartlarga (rejalarga) qiyoslash mumkin b o‘lgan boshqarish faoliyati turi tushuniladi. Kimda zamonaviy, aniq nazorat tizim i b o ‘lsa, u yashash uchun k o‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Menejer uchun ko‘p miqdordagi turli rejalargina emas, nazorat tizimi va turlariga ega b o‘lishi xarakterlidir. Nazoratning barcha tizimi qayta aloqalar g ‘oyasiga asoslangan, chunonchi ular taxmin qilingan m a’lumotlami real erishilgan natijalar bilan solishtirish imkonini beradi. Uning natijasida rejadan og‘ishlar aniqlanib, negativ ta’sirlami yo tuzatish, yoki agar natijasi ijobiy b o isa harakatni kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Nazoratning barcha tizimi uchun quyidagi talab-mezonlar asos qilib olingan: 1. Nazoratning samaradorliligi — nazoratning muvaffaqiyatliligi va foydaliligi bilan belgilanadi. 2. Odamlarga ta’sir ko‘rsatish samarasi — qo‘llangan nazorat texnologiyasi xodimlarda ijobiy omillami kuchaytiradimi yoki stress reaksiyasini kuchaytiradimi (mclmatni dcmotivlashuvi). 3. Nazorat vazifasini bajarilishi — nazorat rejadan og‘ishlami bartaraf qilishi va samarali qarorlar ishlab chiqish uchun xizmat qilishi lozim. 4. Nazorat chegarasini aniqlash — nazorat tadbirlari chegarasiz amalga