yaratilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. 1983-yili angliyalik matematik Ch. Bebbidj hozirgi zamonaviy hisoblash texnikasi — «analitik mashinalar» namunasi loyihasini ishlab chiqdi va uning yordamida o‘sha davrda boshqarish qarorlari tezlik bilan qabul qilina boshlandi. III davr — tartibga solish (sistematizatsiya) davri.
Boshqarish haqidagi fan doimo harakatda bo‘ladi. Yangi yo‘nalishlar, maktablar, oqimlar shakllanadi, ilmiy apparat o‘zgaradi, takomillashadi va nihoyat, tadqiqotchilaming o‘zlari, ulaming qarashlari o ‘zgaradi. Vaqt o‘tishi bilan menejerlar o‘zlariga tegishli tashkilotlar ehtiyojlaridan ulaming doirasidagi harakatdagi boshqarish usullariga bo‘lgan mo‘ljallarini o‘zgartiradilar. Ba’zilari boshqarish muammolarini o‘tgan davrlarda ishlatib kelingan uslublar bilan hal qildilar. Boshqa tadqiqotchilar esa boshqarishga yanada sistemali (tartibli) yondashuvni qidira boshlashdi. Ularning individual muvaffaqiyatlari va mag‘lubiyatlari hozirgi menejerlar uchun unutilmas saboq bo‘lishi mumkin. Haqiqatda hozir biz aytayotgan menejment XIX asrda sodir bo‘lgan sanoat revolyutsiyasi natijasidir. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich tipi bo‘lgan fabrikalaming paydo bo‘lishi va katta gumhdagi kishilami ish bilan ta’minlash zaruriyati, ulaming individual egalarining barcha xodimlar faoliyatini kuzatib boimashgi natijasida eng yaxshi xodimlami tanlab olib ulami shuning uchun o'qitdilarki, ular joylarda korxona egalari manfaatlarini ifodalashi mumkin edi. Bu kishilar birinchi menejerlar edilar. IV davr — axborot davri (1960-yildan hozirgi davrgacha). So‘nggi boshqarish nazariyalari asosan boshqarishga oid «miqdoriy maktab» vakillari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu maktabni paydo bo‘lishi boshqarishda