boshqaruv tizimi sifatida xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydi. Xodimlami tanlash va ishga yollash mahoratini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish, o‘qitish va malakasini oshirish, ular oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yish, lavozimlami almashtirib turish (rotatsiya) yapon menejmentining o‘ziga xos xususiyatlaridandir. Yaponiyada firma manfaati boshqa hamma manfaatlardan ustun qo‘yiladi. Firmada ishlovchilar katta oila ruhida tarbiyalanadilar. 0 ‘ziga nisbatan g‘amxo‘rlik his etgan xodimlar o‘zlarini firmaga nisbatan begona tutmaydilar. Rahbarlar va ishchilaming taqdiri bir deb qaraladi, ular hatto bir oshxonada ovqatlanadilar va doimo birga bo‘ladilar. Shu bois bu yerda menejeming qobiliyatiga ko‘pchilikning faoliyatini uyg‘un holda tashkil eta olishiga, ulami bir butun jamoaga aylantira bilishiga qarab baho beradilar. Boshqaruv yuqori saviyada olib boriladigan korxonalarda intizom, unumdorlik, daromad (foyda) yuqori va aksincha sarf-xarajat, kamchilik, nuqsonlar oz bo‘ladi. Boshqaruv awalo bajariladigan ishlaming hajmi va turini aniqlash, xodimlar o‘rtasida taqsimlash, resurslami yetkazib berish, hisob-kitob va moliyaviy natijalami shakllantirish, ulardan foydalanishni kuzatib borish va nazorat qilish demakdir. Shuning uchun xorijda boshqaruvga jiddiy e’tibor beriladi. Ishlab chiqarishda menejment masalasiga kelsak, bozor munosabatlariga o‘tilayotgani bois, menejmentni qo‘llash uchun zarur vaziyat, shart-sharoit yuzaga keldi. Endi menejment usullarini asta-sekin qo‘llay boshlab, keyinchalik ko‘lamini kengaytirish zarur. Buning uchun maxsus tayyorgarlik shart emas. Menejment 7