mumkin emas. Insoniy munosabatlar maktabi nuqtayi nazaridan olganda, ishchi — fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda o‘z-o‘zini hurmat qilishda, o'z qadr- qimmatini his etish, boshqalar tomonidan ma’qullash, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir. Insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining tashabbuskorlikdan, ishchilar bilan hamkorlikdan, kompaniyada «birdamlik ruhi» va «mushtaraklik tuyg‘usi»ni shakllantirishdan hamda ulami rag'batlantirishga asoslangan tegishli usullami ishlab chiqishdan iboratdir. Insoniy munosabatlar maktabining atoqli vakili boigan amerikalik olim D. Mak-Greger (1906—1964) inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga munosabatining 2 turi mavjudligi, menejer ulardan foydalangan holda ishchilar mehnatini asoslashning g‘oyatda samarador usullarini belgilashi kerakligini uqdirgan edi. Birinchi modelga ko'ra, namunaviy yollanma xodimi — tabiatan yalqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo'yin tovlashga urinadi, unda izzattalablik, mas’uliyat sezish, fahm-farosat yetishmaydi. Bundan esa shunday xulosa chiqadi: bunday xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo'rqitib turish zarur. Ikkinchi model birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga lashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas'uliyal olish saloliiyali xosdir. Ushbu holda menejerlik vazifasi kishilar o‘z maqsadiga va qiziqishlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitini barpo etishdan iborat, kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlaming xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Ikkinchi modelga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muliit yaratib berishgina kifoya qiladi. Albatta, bu