odamlar guruhi formal gumhlar deb ataladi. Ulaming dastlabki funksiyalari korxona maqsadiga erishishi uchun aniq vazifalarni bajarishidir. Odamlar orasidagi munosabatlar turli tipdagi normativ hujjatlar, qonunlar, qarorlar, buyruqlar farmoyishlar bilan tartibga solinadi. 49
Ma’lum maqsadlarga erishish uchun doimiy o‘zaro harakatga kirishadigan o‘z-o‘zidan (stixiyali) tashkil topgan kishilar guruhi noformal guruh deb tan olinadi. Bunday guruh a’zolari orasidagi munosabat o‘zaro moyillik natijasida shakllanadi. Guruh a’zolari orasidagi qarashlar, moyillik, manfaatlar umumiyligi bir-biri bilan bog‘liqdir. Bu yerda jamoa a’zolarining ro‘yxati ham, majburiyatga ko‘rsatma ham, muvofiqlashtirilgan rollar ham bo‘lmaydi. Ular doimo do‘stona munosabatlar va tashkilotning belgilanmagan sxemasi (qolipidan) o‘sib chiqadi. Tashkilot uchun noformal guruhlar asosiy rolni o‘ynamasligi kerak. Shunday qilib, noformal tashkilot siz uchun yoki sizga qarshi ishlashi ham mumkin. Qanday qilib uni o‘zingizning foydangizga ishlatishingiz mumkin? Birinchidan, menejer noformal tashkilot mavjudligini tan olishi; Ikkinchidan, noformal tashkilot menejerni maqsadga erishishi uchun qanchalik qimmatli bo‘lishini tushunishi; Uchinchidan, noformal sardorlami aniqlashi va ulami boshqarishi; To‘rtinchidan, noformal va formal tashkilotlar maqsadini birlashtirish; Beshinchidan, menejer nima qilsa ham noformal tashkilot mavjud bo‘la- verishini tushunishi va tan olishi kerak. Noformal munosabatlarga odamlami kirishini quyidagi tarzda gumhlash mumkin: 1. Mansublik hissi — o‘z hissiyotini qondirish ehtiyoji — eng kuchli hissiy