R valijonov, O. Qobulov, A. Ergashev


Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o'zaro uzviy



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/192
tarix27.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#149832
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192
Menejment asoslari

Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o'zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga
ko‘ra: iqtisodiy; tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.
1. 
Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat
jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir
xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishiga imkon yaratadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik,
xo‘jalik hisobi, moddiy rag'batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv
usullarining asosiy vazifasi 
ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga
sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik
mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali
foydalanishdir. Xo‘jalik mexanizmi negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni
boshqarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi. Ular xo‘jalik
mexanizmida umumiy qilib birlashtirilganda davlat iqtisodini tutib turadi. Xo'jalik
mexanizmi o‘z ichiga boshqaruvning asosi bo'lgan rejalashtirishni, xo‘jalikni
boshqarishda amaliyotda qo'llaniladigan iqtisodiy tizimlarni, xo'jalik
tashkilotlarining tashkiliy tizimini, ulaming ish usullarini, mehnat jamoalarining
ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishda yangi xo‘jalik mexanizmidan samarali foydalanish mehnat
jamoalari va har bir xodimdan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish
usullarini qidirib topishni talab etadi. Masalan, ish haqi fondlarini oldindan
rejalashtirish o‘miga ish haqi normativlarini qo‘llash jamoaning mahsulot ishlab

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin