iqtisodiy inqiroz ro‘y berayotgani ochiq-oydin tan olinmasa ham iqtisodiy tanazzulni statistik ma’lumotlardan bilish qiyin emas edi. 0 ‘zbekistondagi iqtisodiy ahvol yana ham ayanchliroq edi. Chunki aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad Umumittifoqdagiga qaraganda 1,5 marotaba kam deb hisoblanar, aholimiz esa 2 marta ozroq pullik xizmatlardan foydalanar edi. Respublikada ekologik muvozanat buzilgan, tibbiyot va boshqa sohalarda qiyinchilik ko‘p edi. Sobiq sovet tizimida tug‘ilib, o‘sib ungan hozirgi avlodimizning ongiga sotsialistik rejalashtirish iqtisodiyoti, markazlashtirilgan boshqaruv tizimlari singdirilganligiga qaramay, mikroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan o‘tmishga nazar tashlasak, Xitoy, Koreya, Germaniya, Vyetnam mamlakatlarining bir qismida bozor iqtisodiyoti, ikkinchi qismida esa sotsialistik rejalashtirish va taqsimlashga 31
asoslangan iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida ishlab keldi. Natijada bozor iqtisodiyoti ustunligi amaliy hayotda isbot bo‘ldi. Negaki, bir xil tabiiy sharoit, boyliklarga ega bo‘lgan bir xil millat odamlarida har xil turmush darajasiga erishildi. Bozor sharoitida yashayotgan Tayvandagi xitoyliklarni, Federativ Germaniyadagi nemislami, Janubiy Koreyadagi va Vyetnamdagi odamlami turmush darajasi sotsialistik iqtisodiyot sharoitida yashayotganlarga nisbatan rivojlanib, ancha farq qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining to‘laqonli faoliyat ko'rsatishi ko‘p tomondan bozor mexanizmining ishlashiga bog‘hq. Boshqaruv esa bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, umumiy xalq xo‘jaligi, regional, tarmoq va aniq ishlab chiqarish (korxona yoki firma)ni