uning ijodiy g‘ayratini kuchaytirish uchun qulay ijtimoiy sharoitlami yaratishga e’tibor berishi zarur, chunki faqatgina iqtisodiyotni qayta qurish bilan ahvolni 29
o‘nglab bo‘lmaydi, buning uchun butun boshqaruv apparatini ham qayta qurish darkor. Iqtisodiy muammolarning yechimi unga hamma vaqt har tomonlama (kompleks) yondashishni taqozo etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganimizda, bozor iqtisodiyotining ijobiy natijalarini ta’minlash uchun hech bo‘lmaganda yana kamida ikki sharoitda — birinchisi, bozor iqtisodiyotini zamonaviy talablarga moslab mahalliy shart-sharoitni hisobga olgan holda boshqarib borish, ikkinchisi, hamma soha va tarmoqlarda uzluksiz, aql-idrok, raqobat bilan mehnat qilish zarur. Zamonaviy talablarga moslab bozor iqtisodiyotini boshqarib borish muammosini juda keng va chuqur ma’noda anglashimiz lozim. Ya’ni bunday boshqarish tizimi eng kichik hududiy hokimiyatdan (masalan, qishloq yoki mahalla rahbariyatidan) tortib, to mustaqil respublikamiz Oliy Kengashigacha, tarmoqlar bo‘yicha esa alohida bir hunarmand — yaratuvchidan tortib, shu tarmoqning Vazirlar Mahkamasidagi eng mas’ul apparat xodimlarigacha bo‘lgan gorizontal va vertikal tabaqalar mexanizmini o‘z ichiga oladi. Bu mexanizmning biron-bir qismi yoki murvati mo‘ljallangandek ishlamay qolsa, ko‘zlangan maqsadga belgilangan vaqtda erishmasUgimiz aniq. Albatta, bozor sharoitida boshqarish jarayoni o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun boshqaruvchilarga o‘zgarmas — standart maslahat berishning iloji yo‘q. Ammo, bozoming tub ma’nosidan kelib chiqayotgan, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan hayotiy tavsiyalar bajarilishi shart deb o‘ylaymiz. Bulardan ba’zilarini sanab