mumkin va bu ko‘rsatmalar bajarihshi lozim. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat me’yorlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi. Quyi pog‘ona rahbarlari bajarishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalami berish, ulaming bajarilisliini nazorat qilish, normalami ishlab chiqish, xodimlami to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ishchilami bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, taqdirlash yoki jazolash yuqori pog‘ona rahbarlarining vazifasiga kiradi. Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan kadrlar masalasini yaxshilash davr talabi bo‘lib qoldi. Respublikada kadrlami tanlash va ulaming malakasini oshirish ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Respublika Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1991-yildan boshlab respublika shaharlaridagi qator zavodlar rahbarlari malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborilmoqda. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlami tayyorlashga imkon yaratdi. Respublikadagi o‘ta qobiliyatli talabalami rivojlangan xorijiy davlatlai oliy ilmgolilariga o‘qitishga yo‘llash hamda qobiliyatli yoshlami qo‘llab quwatlash maqsadida Respublikamiz Prezidentining «Umid» jamg‘armasi tashkil etilishi shu tadbirlardan biridir. 3. Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari. Bu usul mehnatkashlaming ishlab chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo‘lib, bu usulni qo‘llashdan asosiy maqsad jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhit