bozor munosabatlarini rivojlantirishdir. Shuningdek, ulaming vazifasi davlat tashkilotlarini nodavlat shakliga aylantirish ishlarini tashkil etish, tadbirkorlikning rivojlanishini butun choralar bilan qo‘llab-quwatlashdan iboratdir. Ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, davlat mulkini xususiylashtirish, ishlab chiqamvchi kuchlami jadal rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish muammolarini hal qilish sohasidagi barcha ishlar joylarda amalga oshirila boshlangani bozor munosabatlari qaror topishining muhim jihatidir. Bozor o‘zgarishlarining hududiy jihatlari kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda mahalliy boshqaruv organlarining o‘z oldilarida turgan vazifalarni bajarishdagi mas’uliyati oshib borayotir. Ulaming ichki tuzilishi tamomila o'zgartirildi. Korxonada tashkiliy tadbirlami o‘tkazish, tashkil qilish, rahbarlik va nazorat menejment jarayonining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Tashkiliy ishlami 3 bosqichga bo‘lish mumkin. 1-bosqich — ish taqsimoti. Menejer butun ishni qismlarga shunday bo'ladiki, bunda ulaming har biri o‘z vazifasiga ega bo‘lib, bir kishi tomonidan bajariladigan bo‘lishi ham mumkin. Bunda mutaxassislik malakasini hisobga olish darkor. 2-bosqich — vazifalarni guruhlash va mantiqiy bloklarga ajratish. Ko‘pgina kompaniyalarda 2—3 kishidan iborat gumhlar birga ishlaydi. Agar kishilar bo‘limlar va sektorlarga uyushtirilgan boisa, ish samarali bo‘ladi. Tashkil qilishning bu qismi ixtisoslashuv deyiladi. 3-bosqich — ishlarni koordinatsiyalash yoki turli boiimlar ishlarini koordinatsiyalash (sozlangan) bo‘lishi kerak. Koordinatsiya mojarolaming oldini olib ulami boshqarish va firma tizimini mustahkamlaydi. Yaxshi tashkil qilingan va koordinatsiyalashgan mexanizm menejmentning oxirgi ikki vazifasi bo‘lgan