tizimi demakdir. B O ‘LIMLAR IS H IN I KOORDINATSIYALASH
Vertikal koordinatsiya Har qanday firmaning asosiy uslubi jamoa zanjirini koordinatsiyalashdir. Vertikal koordinatsiyada menejerlar ular oldida hisob beradigan bo‘ysunuvchilar ishini nazorat qiladilar va o‘z navbatida o‘zlari boshliqlari nazoratida boiadilar. Shunday qilib, yuqori darajadagi menejerlar tashkilotning barcha ishini ma’lum oqimga yo‘naltiradilar. Ular jamoa zanjiridan foydalanib tashkilotni bo‘limlarga va birga ishlovchilarga ajratadilar. Har bir menejerga hisob beradigan bo‘ysunuvchilar soni boshqarish me’yori deb ataladi. 2-rasmda boshqarish davrida asosiy ishlab chiqarish tizimi tasvirlangan. Unda individual xodimlar darajasidagi 24 ishchiga ega boigan ikki firmaning tashkiliy diagrammasi ko‘rsatilgan. Bunda B firmasi boshqarishning tor me’yoridan foydalangan. Birinchi liniyadagi har bir menejer A firmasiga qiyoslanganda olti individual ishlab chiqaruvchi o‘miga uch ishlab chiqaruvchini boshqaradi. Boshqarishning keng shaklini qo‘llagan A firmasi ikki afzallikka ega. Birinchidan oz menejerlar talab qilinadi, ular prezident bilan qo‘shib hisoblaganda besh kishidan iborat. Prezident
B shakl — tor tashkiliy boshqarish
2 - ra sm . 42
A firma prezidenti ko'p vaqtini bo'ysunuvchilar bilan uchrashuvlarga sarf qilib, paydo bo‘lgan muammolami yo‘l-yo‘lakay hal qiladi. B firma prezidenti o'rta darajadagi menejerlar ko‘p bo‘lgani uchun strategik rejalash uchun ko‘p vaqt ajratishi mumkin. Boshqamvchilikni tashkil qilish boshqarish ishi tabiatiga va shu kompaniya boshqarayotgan ishga bog‘liqdir. Ular quyidagi omillarga bog‘liq: — agar ish yengil nazorat qilinsa va boshqalarga ozroq bog‘liq bo‘lsa