usullarini qanchalik tez va erta qo‘llanilsa, uning samarasi shunchalik tez namoyon bo‘ladi. Menejment yordamida islohotni ham, asosiy ishlami ham yuksak saviyada olib borib, salmoqli iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin. Har qanday ishlab chiqarish negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Boshqariladigan va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqa odamlaming bir- biri bilan o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy qurol texnika hisoblanadi. «Inson- mashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida, mashina esa uning obyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida bevosita axborot oladi va zarur qarorlar qabul qilib, ulami amalga oshiradi. Shunday qLlib, ishlab chiqarish doirasida inson va texnika bir-biriga ta’sir etadigan ish joylari deb ataladigan maydon vujudga keladi. Boshqa ishlab chiqarish tizimlari (korxona, firma, uchastka, brigada)lar ish joylar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi, bunda barcha ish joylarida mehnat qurollari va boshqaruv xodimlari harakatini muvofiqlashtirish talab qilinadi. Bu menejment vazifasini boshqaruv apparati deb ataladigan maxsus shaxslar guruhi amalga oshiradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarish orqali amalga oshiriladi: 1) buyumni, ya’ni mehnat vositasini boshqarish; 2) odamlami (ishlovchilami) boshqarish. Buyumlami boshqarish jarayonida ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu boshqariladigan obyektni ifodalaydi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilami boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Bu esa o‘z navbatida