etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davmi «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar. Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslami, odamlami boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolami, iqtisodni rivojlantirish yo'lidagi hamma qiyinchiliklami agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin. Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlaming vazifasiga kirar1 Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarr
anglatadi. Ilmiy fan sifatida menejment taxminan XIX asming birinchi yarmida kapitalizm tug‘ilishi bilan paydo bo‘ldi. 0 ‘sha vaqtda u oddiy bo‘lgan, ya’ni harbiy tavsifga ega edi. Dastlabki menejerlar harbiy intizomni, jazo bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish usullarini qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli deb qaralgan. Ish beruvchi islilovchini ezgan chog'da uning (mehnat mahsuli) samarador va natija keltiruvchan bo‘lishi mushkul, shaxs o'zining namoyon etishini rag'batlantirgan chog‘da esa uning yangilanmasligi va takomillashmasligi