Induktivlik gʻaltagi - sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllaniladi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda o'lchanadi. Barcha elementlar shassiga tayanch sirtlar yordamida konstruktiv tugallangan
detallar ko‘rinishida maxkamlanadi, ularning chiqishlari bir-biriga tegishli o‘tkazgichlar yordamida kavsharlanadi (payka qilinadi).Keyinchalik montaj qilishning bu turi osma montaj nomini oldi.
Ikkinchi bosqichda elementlarning gabaritini kichiklashtirish va ishonchliligini oshirishga erishildi.
Pechatli montajni rivojlantirish mobaynida pechatli platalarda avvalo razistorlar katta solishtirma qarshilikli tok o‘tkazuvchi yo‘lakchalar bilan almashtirildi,kondensatorlar tok o‘tkazuvchi yo‘kchalarni kesish va kesilgan joylar tegishli dielektriklar bilan to‘ldirildi.Bunday platalar integral mikrosxemalar nomini oldi. Integral mikrosxemalarni paydo bo‘lishi radioelektronika oldida amaliy jihatdan cheksiz imkoniyatlarni ochib berdi.Zamonaviy elektron apparatura (EA) belgilangan algoritm bo‘yicha umumiy boshqaruv bilan birlashtirilgan va ma’lumotlarni avtomatik qabul qilish,o‘zgartirish, qayta ishlash va uzatishga mo‘ljallangan murakkab texnik qurilmalar majmuasidir.Konstruktiv nuqtai nazardan EA to‘liq birlashtirilgan va funktsinal tugallangan mexanik qismlar, aktiv va passiv radiodetallar, integral mikrosxemalarning to‘plamidir.