Magnit elektronika. Bu juda kichik to‘yingan magnitlanuvchan materiallarning vujudga kelishi uning asosida yupqa plyonkali magnit qurilmalar — magnit plyonkalar, kommutatsion qurilma, magnit yarim o‘tkazgichlar va h. k. ishlab chiqarishga imkon beradi. Uncha katta bo‘lmagan magnit yarim o‘tkazgichli kristallda mantiqiy elementlar, kommutatsiya qurilmalar va xotiralovchi elementlardan iborat bo‘lgan bir necha ming sxemalarni joylashtirish mumkin. Bunday qurilmalar axborotni 3*10^6 bit/s tezlikda ishlab bera oladi. Xotirasi 10^5 bit/sm^2 li yozuv zichligiga ega.
Bioelektronika— elektronikaning rivojlanishidagi yana bir yo‘nalish bo‘lib, tirik organizmning tarkibi va hayot faoliyatini, shu jumladan insonni o‘rganishdagi ma'lum bir masalalarni yechishga xizmat qiladi. Bioelektronika inson va hayvonlarning nerv sistemasini o‘rganish, har xil jinsli bug‘lanish (ximiyaviy maydon) magnit maydoni, inson (tanasi va h. k. ni radionurlanish muammolarini o‘z ichiga oladi. Bu maqsad uchun elektroradiokardiogramma (EKG) dan farqli yurak ishlash signalini aniqroq o‘lchovchi magnitokardiogramma asbobini yaratish mumkin.Infarktdan (miokard) keyin yurak paylaridagi o‘lgan qismlarni magnit maydonli kvant o‘lchov asbobi qayd qiladi. Kam xalaqitli radiopriyomniklar yordamida inson tanasi ichidagi temperaturani radionurlanishga qarab aniqlaydi. Bunday asbob yordamida ko‘pgina kasalliklarga diagnoz qo‘yish mumkin. Inson issiqlik nurlanishini o‘lchab, juda qiziq axborotlarni olishi mumkin.
Bunday bioaxborotlar yordamida tomirlar holati, organizmdagi shamollash jarayoni va h. k. lar haqida fikr yuritish mumkin. Bu na’tijalar ayniqsa bolalar pediatriyasida katta ahamiyatga ega. Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotni ishlab chiqarishni boshqarishda, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda va ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladigan radioelektron apparaturalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Radioelektron apparaturalarni tayyorlanish texnologiyasi doimiy ravishda takomillashib bormoqda. Radioelektron apparaturalarni takomillashuvini uning tayyorlanish texnologiyasi va printsiplarini xarakterlovchi bir necha bosqichlarga ajratish mumkin:
Osma montaj (asosiy elementlar: rezistorlar, kondensatorlar, induktiv g’altaklari, elektrovakuum (yarimo‘tkazgichli) asboblar.
Pechatli montaj (afzalliklari: REA larni gabaritlarini kichiklashishi va uning ishonchliligini ortishi) Integral mikrosxemalar (afzalliklari: mukammalligi, elementlar soni va intgratsiya darajasining uzluksiz ravishda o‘sishi) Radioelektron apparaturalarning tayyorlanish texnologiyasining har bir yangi bosqichi oldingi texnologiya asosidagi qo‘llanilgan REA larni rad etmadi va istisno qilmadi, balki uni to‘ldirgan va boyitgan holda rivojlanishning sifat jihatdan yangi darajasini ta’minladi. Shuning uchun, har bir aniq vazifani hal qilishda elementlar bazasini va mos keladigan tayyorlanish texnologiyasini tanlashda REA ning har bir avlodining afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olish kerak bo‘ladi.