Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


MODDALAR ALMASHINUVI VA TERMOREGULYASIYANING



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   318
2 5213200508969289537

MODDALAR ALMASHINUVI VA TERMOREGULYASIYANING
MARKAZIY ASAB MEXANIZMI
Moddalar almashinuvi va tana haroratining reflektor boshqarilishida 
hal qiluvchi rolni terining retsetorlari o‘ynaydi.
Asab tizimi faqatgina organizmning tashqi muhit bilan moddalar 
almashinuvini boshqarmasdan, balki har bir to‘qima va a’zolar tomonidan 
iste’mol qilinayotgan moddalarni miqdorini va sifatini aniqlab, shu
260


almashinuv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ichki,oraliq 
modda iar 
almashinuvini ham boshqaradi.
Bu asab tizimining barcha efferent nerv tolalari bilan bajariladigan 
(harakat, sekretor, tomirlar harakatlarini) trofik yoki korrigatsiyalovchi 
funksiyasidir, ya’ni har bir nerv o‘z funksiyasini faqat innervasiyalanuvchi 
organdagi, moddalar almashinuvining o‘zgarishi tufayli bajaradi.
Asab tizimi trofik funksiyasining buzilishi asab tizimida o'zgarish 
izlarini qoldiradi va shu sababli hattoki eng kuchsiz ta’sirotchi bilan asab 
tizimini qayta ta’sirlash (ikkinchi zarba) trofik faoliyatini yana buzilishini 
chaqiradi (monandlik). (K.P.Golisheva va A.A.Vishnevskiy).
Moddalar almashinuvining asab tizimi bilan boshqarilishi ikki yo‘l 
bilan bajariladi: a) to‘qima va organlarga efferent impulslarini bevosita 
to‘g‘ri kelishi va b) asab tizimidan ichki sekresiya bezlariga kelayotgan 
impulslar tufayli qonga tushayotgan gormonlar ishtirokida va asab 
markazlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddalar almashinuvining boshqarilishida pastki miya ortig‘i 
(gipofiz) qolqonsimon bez, me’da osti bezi (uning ichki sekretor 
boiimlari) va ayniqsa buyrak usti bezlari ishtirok etadi. Bu bezlar 
gormonlarining qonga tushishi oqsillar, uglevodlar, yogiar, minerallar va 
suv almashinuvini o‘zgartiradi.
Moddalar almashinuvini va tana haroratini boshqaruvchi vegetativ 
asab tizimining oliy markazlari katta yarim sharlaming peshona 
boiaklarida, limbik tizim (belbogii egatchalar) oraliq miyada, miya 
dastasining retikulyar formatsiyasida va orqa miyada joylashgan. Bu 
markazlardan efferent nerv impulslari skelet muskullariga, gipofizga, 
buyrak usti, qolqonsimon bezlarga simpatik nerv tolalari orqali jigarga va 
boshqa ichki organlarga simpatik va parasimpatik nervlar orqali boradi. 
Filogenezda trofik funksiyaning oliy boshqarilishi bosh miyaning katta 
yarim sharlariga o‘tadi.
Odamlarda ruhiy ta’sirlashlar, emotsiyalar, ruhiy buzilishlar, to iiq
tinchlik 
sharoitida va jismoniy 
ishlar 
bajarilmaganda 
gipnotik 
tushuntirishlardan keyin moddalar almashinuvi va termoregulyatsiyaning 
o‘zgarishi ko‘rsatib berilgan (V.M.Bexterev)



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin