Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   318
2 5213200508969289537

TERMOREGULYATSIYANWG BUZILISHI
Termoregulatsiyaning buzilishi natijasida tana haroratining mo‘tadil 
darajadan oshib ketishi isitma yoki bezgak deb ataladi. Bezgak paytida 
moddalar almashinuvi 50-100 marta va undan ham ko‘p ortadi. Ayniqsa 
oqsillaming parchalanishi ortadi. Qon tarkibida oqsillar parchalanishining 
mahsulotlari yigilishi, manfiy azot muvozanatini yuzaga keltiradi va oqsil 
minimumi ortadi. Organizmda oqsillar parchalanishi ortadi. Bezgak 
paytida oqsillaming oksidlanishi 30% ga yaqin issiqlik hosil boiishini 
ta’minlydi. Uglevodlar va yogiar almashinuvining ham oshishini
259


chaqiradi, bu esa organizmning oriqlab ketishiga olib keladi. Uglevodlar 
almashinuvinig tezlashishuvi zahira holidagi glikogenni glyukozaga 
aylanishini tezlashishi hisobiga yuz beradi.
Oqsillar va yog‘lar parchalanishining oshishi organizmda katta 
miqdorda moddalar almashinuvining oraliq mahsulotlarining yig‘ilib 
qolishiga olib keladi. Isitma yoki bezgak holati issiqlik ajratilishi 
kamayganida yuzaga keladi. Bu paytda fiziologik funksiyalar buziladi. 
Yurak urishi tezlashadi, bu esa qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi, 
harorat 39°C bo‘lishiga qaramasdan qon tomirlari kengayishi hisobiga 
ularning hajmi oxirigacha kengayadi. Nafas olish tezlashadi va h.k. Qayd 
qilingan fiziologik funksiyalaming buzilishi hamda ruhan buzilishlar 
(gallyutsinasiya, alohsirash) asab tizimi funksiyalarining buzilishi bilan 
ta’min etiladi. Harorat 40-41°C ga ko‘tarilganida alahsirash boshlanadi, 
harorat 43°C ga yetganda esa o‘lim yuz beradi. Sanoqli hollardagina 45°C 
haroratda odamlar o‘lganlar.
Tana sovuqdan qotgan paytda ham fiziologik jarayonlar buziladi. 
Uzoq muddatga sovuqda qolish natijasida sovuq sezilib qaltiroq 
boshlanganidan keyin biroz issiqlik sezilgandek boiadi va teriga qon 
oqimi kelishi tufayli apotiya seziladi va miya funksiyasi buziladi. 
Organizm to iig ic h a sovqotganda uning hayot faoliyati pasayadi, ya’ni 
organizmda moddalar almashinuvi sekinlashadi va to‘qimalaming 
kislorodga boigan talabi pasayadi. Shu sababli to‘qimalar qondagi 
kislorod taqchiligini yengil o‘tkazadi. Masalan, odamning bosh miyasi 
odatiy haroratda 
qon kelmagan vaqtda ham 5-6 daqiqa davomida 
hayotiyligini saqlab qoladi, tana haroratini 36-39°C gacha sovutilganida 
bosh miya, qonning yetishmasligida 15-20 daqiqa davomida chiday oladi.
Odatda, odamlarning tana harorati 31-33 С dan pasayishi oiim ga 
olib keladi, asab tizimi funksiyalarini dorivor moddalar bilan 
o‘zgartirilganida esa -24°C da pasayganida oiim yuz berdi. Faqatgina 
sanoqli hollardagina tana haroratini 22,5°C gacha pasayganida ham asab 
tizimi o‘z faoliyatini saqlab qolgan.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin