Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


-rasm. Nefronning tuzilishini ifodalovchi sxema



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   318
2 5213200508969289537

33-rasm. Nefronning tuzilishini ifodalovchi sxema.
A-nefron; B-boum en kapsulasi; B -boshlang‘ich siydikni kapsuladan mikropipetka
yordamida olish. 1-M alpigi koptokchasi, 2-egri bugri kanalcha, 3 - yiguvchi naycha,
4-G en li qovuzlogi, 5-qon olib keluvchi tomir, 6-qon olib ketuvclii tomir, 7-M alpigi
koptokchasining kapillyarlar turi, 8-kapsula bushligi, 9-egri kanalchaning
boshlanishi, 10-kapsulaning tashqi pustlogi, 11-shisha tayoqcha, 1 2 - kanalcha, 1 3 -
pipetka, 14-sim ob, 15-koptokcha suyuqligi, 16-arteriolalar.
263


Kanalcha kapsulaga yaqin joyda ikki-uch marta egilib buralgan
bunga birinchi tartibli burama kanalcha deyiladi. Bu kanalcha buyrakning 
po‘stloq va mi ag‘iz qavatlari chegarasida to‘g‘rilanib, torayadi va mag‘iz 
qavatga tushib chiqadi. Oqibatda Genie qovuzlog‘ini hosil qilib, po‘stloq 
qavatga qaytadi. Kanalcha po‘stloq qavatda yana ikki-uch marta egilib 
bukiladi. Bunga ikkinchi tartibli burama kanalcha deyiladi. Ikkinchi tartibli 
burama kanalcha yig‘uvchi kanalchaga quyiladi. Bir necha nefronlaming 
yig‘uvchi kanalchalari qo‘shilib umumiy chiqaruv kanalchasini hosil 
qiladi. Umumiy chiqaruv kanalchasi mag‘iz qavatdan o‘tib, buyrak jomiga 
quyiladi. Buyrakda bu nefronlardan tashqari yukstamamedullyar nefronlar 
ham bo‘ladi. Bular tasvirlangan nefronlardan bir muncha farq qiladi, 
chunki yukstamamedullyar nefronlaming koptokchalari po‘stloq va mag‘iz 
qavatlaming oralig‘ida, Genii qovuzlog‘i esa buyrak jomi atrofida 
joylashgan. Har xil turga mansub boigan hayvonlarning buyragida 
nefronlaming miqdori turlichadir. Jumladan, qoramollaming har ikkala 
buyragida 8mln.ga yaqin nefron boiib, ulaming faol yuzasi 39,2m2.ni, 
cho‘chqalarda l,4mln. nefron boiib, faol yuzasi 7,2m2.ni, qo‘ylarda esa 
lmln. nefron boiib, faol yuzasi 3,5m2.ni tashkil qiladi.
Buyrak qorin aortadan chiqib keladigan buyrak arteriyasidan qon 
oladi. Buyrak arteriyasi arteriolalarga tarmoqlanib, har qaysi kapsulaga 
alohida tarmoqcha beradi. Arteriola kapsulaga kirgach, yana tarmoqlanib 
kapillyarlarga boiinadi, oqibatda kapillyarlar chigalini -Malpigiy 
koptokchasini hosil qiladi. Kapsuladan chiqayotgan arteriola unga 
kirayotgan arterioladan torroq. Kapsuladan chiqqan arteriola, birinchi va 
ikkinchi tartibli burama kanalchalarda yana kapillyarlarga tarmoqlnib 
kanalchalarni o‘rab oladi. So‘ngra kapillyarlar venalarga aylanadi. Mayda 
venalar o‘zaro qo‘shilib, buyrak venasini hosil qiladi. Yukstamedullyar 
nefronlar kapsulaga kirayotgan arteriola yug‘onligiga teng. Ularda 
kapsuladan chiqqan arteriola, kanalchalar atrofida kapillyarlar to‘rini hosil 
qilmaydi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin