Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


SIYDIK HOSIL BO‘LISHINING BOSHQARILISHI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   318
2 5213200508969289537

SIYDIK HOSIL BO‘LISHINING BOSHQARILISHI
Buyraklaming siydik hosil qilish funksiyasini asab tizimi boshqarib 
turadi. Buyraklar simpatik va adashgan nerv tolalari bilan ta’minlangan. 
Nerv tolalari buyrak qon tomirlari bilan birgalikda, kanalchalaming 
epiteliy hujayralariga ham borib yetadi. Binobarin, nerv tolalari tomirlar 
sigimini, epiteliy hujayralari faoliyatini, ya’ni kanalchalardagi filtratsiya 
va reabsorbtsiya jarayonlarini o‘zgartirish y o ii bilan siydik hosil boiishini 
boshqarib boradi. Buyrakka keladigan nerv tolalarining ta’sirlanishiga 
qarab siydik hosil boiishi tegishlicha o‘zgaradi. Jumladan, adashgan nerv 
tolasi ta’sirlanganda suvning ajralishi tezlashadi, oqibatda siydik miqdori 
ko‘payib tarkibidagi azotli moddalar kamayadi. Simpatik nerv tolasi 
ta’sirlanganda esa ajralayotgan siydik miqdori kamaygan holda tarkibidagi 
natriy xlor biroza oshadi. Uzunchoq miyadagi to‘rtinchi miya 
qorinchasining tubi, oraliq miyadagi kulrang do‘mboq ta’sirlanganda 
siydik ajralishi kuchayadi. Siydik hosil boiishi po‘stloq nazorati ostida 
turishini ko‘rsatadigan dalillar ko‘p, chunonchi, siydik hosil boiishi shartli 
reflektor y o i bilan ham boshqariladi. K.M.Bikov laboratoriyasida tajriba 
maqsadida itning to‘g‘ri ichagiga sovuq suv yuborilganda siydik hosil 
boiishi va chiqarilishining tezlashganligi aniqlandi. To‘g‘ri ichakka sovuq 
suv yuborish biror shartli ta’sirot bilan birga qo‘shib, bir necha marta 
takrorlanganda shartli refleks hosil boigan, ya’ni keyinchalik birgina 
shartli ta’sirotning o‘zi, mustaqil ravishda xuddi sovuq suvdek siydik hosil 
boiishi va ajralishini tezlashtirgan. Og‘riq siydik ajralishining keskin 
kamayishiga sabab boiadi (og‘riq anuriyasi). Og‘riq ta’sirotni biror shartli 
ta’sirot bilan bir necha marta birga qo‘shish y o ii bilan siydik ajralishining 
tormozlanishiga shartli refleks hosil qilsa boiadi. Operatsiyada buyrakni 
o‘z joyidan olib, tananing boshqa bir joyiga tikib, tegishli qon tomirlar 
bilan aloqasi tiklansa, u holda buyrak go‘yo odatdagidek ishlayveradi. 
Nerv tizimi bilan aloqasi uzilgan bunday buyrakning ishlash faoliyatining 
boshqarilishida gumoral omillar ham benihoya katta rol o‘ynashidan 
dalolat beradi. Jumladan, gipofizning antidiuretik gormoni, qalqonsimon 
bezning tiroksin, buyrak usti bezlarining adrenalin, aldosteron gormonlari.
269


qon tarkibidagi mochevina, mineral moddalar, ayniqsa natriy xlorid siydik 
hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning boshqa tizimlari 
qatori buyrak faoliyati ham asab tizimi bilan gumoral tizim funksiyasiga 
mahkam bog‘liqdir. Buni quyidagilardan ko‘rish mumkin. Gipotalamus 
yadrosidan chiqqan impulslar gipofizning orqa boMagidan antidiuretik 
gormon ishlanib chiqishini kuchaytiradi. Antidiuertik gormon qonga o‘tib 
siydik reabsorbsiyasini kuchaytiradi. Oqibatda ajralayotgan siydikning 
miqdori keskin kamayadi. Gipofiz orqa bo‘lagining faoliyati pasaysa 
(gipofunksiya), antidiuretik gormon odatdagidan kam ishlanib chiqadi va 
ajralayotgan siydik miqdori, suvning ko‘p chiqarilishi hisobiga ko'payib 
ketadi (qandsiz diabet). Tajribada buyrakning asab tizimi bilan aloqasi
shuningdek gipofizning miya po‘stlog‘i bilan aloqasi ham uzilsa, shartli 
reflektor ravishda siydik ajralishi kuzatilmaydi. Demak, miya po‘stlog‘i 
gipotalamo-gipofizar tizim orqali buyrak faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Buyrak 
usti 
bezlarining 
adrenalin 
gormoni 
siydik 
ajralishini 
kamaytiradiJekin aldosteron gormoni kanalchalar epiteliysiga ta’sir etib, 
natriyning qayta so‘rilishiga yordam beradi. Qalqonsimon bezning tiroksin 
gormoni suv va tuzlarning to‘qimalar bilan bog‘lanishini kamaytirib, 
ularning qonga o‘tishini kuchaytiradi, siydik hosil bo‘lishiga yordam 
beradi. Paratgormon esa kalsiy va fosforning suyaklardan qonga 
chiqarilishiga ta’sir qiladi va bulaming siydik bilan chiqarilishini 
kuchaytiradi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin