6.Radiofaol izotoplar usuli - bu usul yordamida turli gormonlaming
organizmda sintezlanishini, almashishini o‘rgansa boiadi.
Bulardan tashqari endokrin bezlar faoliyatini o‘rganishda
boshqa
turli-tuman fizologik, bioximik, morfologik usullar ham qoilaniladi.
QALQONSIMON BEZ
Qalqonsimon bez barcha umurtqalilarda boiadi. Sut emuzuvchi-
laming bo‘yni sohasida, qalqonsimon tog‘ayning ikki yonida joylashgan
boiib, shaklan qalqonga o ‘xshab ketadi. Bu bez o‘zaro
tutashgan ikki
boiakchadan iborat. Qalqonsimon bezning hajmi har xil turdagi
hayvonlarda turlicha boiib, bir turdagi hayvonlarda ham bir muncha farq
qiladi. Uning kattaligi hayvonning yoshi, jinsi,
organizmning holati,
yilning fasli va bir qator omillarga bogiiq. Jumladan, ser sut qoramollarda
bu bez ogirligi 23-41, go‘shtdor shoxlilarda esa 21-36, cho‘chqalarda 12-
30, arxarlarda 20-35, qo‘ylarda 4-7 grammni tashkil qiladi.
Qalqonsimon bez qon bilan benihoya yaxshi ta’minlanib turadi.
Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bezlar orqali
bir kunda 16 marta aylanib, oqib o‘tadi.
Bezning parenximasi va stromasi boiib, parenximasi o‘ziga xos
follikulalardan tashkil topgan. Bu follikulalaming devori sekretor
epiteliydan tuzilgan. Sekretor hujayralar uzluksiz ravishda maxsus
kolloid
modda ishlab chiqaradi. Shu sababli follikulalaming ichi o‘sha kolloid
moddalar bilan to ia turadi. Bu kolloid gidrolizlanganidan so‘ng qon va
limfaga o‘tadi. Follikulalaming orasida biriktimvchi to‘qima boiib, u
bezning stromasini tashkil qiladi.
Qalqonsimon bezning asosiy gormonlari: tiroksin, va triyodtironinlar
b oiib ularning tarkibida yod bor. Gormon bezda quyidagicha sintezlanadi:
Organizmga o‘zi bilan kiradigan yodning asosiy qismi qonga so‘rilgandan
keyin qalqonsimon bezga keltiriladi. Bez hujayralari uni ushlab qoladi. Bu
yerda anorganik yo‘d sitoxromoksidaza va peroksidaza fermentlarining
ishtirokida molekulalar yodgacha oksidlanadi. So‘ngra taxminan ikki soat
davomida yod tirozin aminokislotasi bilan birikadi.
Oqibatda monoyod-
tirozin va diyodtirozin molekulalari hosil buladi. Tetrayodtirozin tiroksin
gormoninig o‘zidir. Hozir aytilgan yodli birikmalar bezning follikulalarida
oqsillar bilan birikib, tireoglobulin degan kompleks birikma molekulalarini
hosil qiladi. Tireoglobulin murrakkab glyukoproteiddir. Uning molekula-
sida 10 ta polipeptid zanjiri bor. Tarkibida yodlangan aminokislotalardan
tashqari
glyukoza, galaktoza, mannoza ham saqlanadi. Tireoglobulin
follikulalaming ichidagi kolloidda yigiladi, ayni vaqtda uning ma’lum
284
qismi parchalanib ham turadi. Shunda triyodtiroziu va tetrayodtiroziii -
tiroksin
hosil boiib, qonga so‘riladi. Ular qondagi oqsillar bilan birikadi
va tegishli to‘qima hamda organlarga tashiladi. Keyingi vaqtlarda olingan
malumotlarga qaraganda triyodtirozin va tetrayodtirozin to‘qimalarda
oksidlanib, dezaminlanadi. Oqibatda triyodtiroatsetat va triyodtiropropi-
nant kislotalar hosil boiadi. Bular tiroksin va triyodtironinga qaraganda
80-300 baravar faolroqdir.
Tiroksin va triyodtironin to‘qimalarda shu birikmalar holida ta’sir
qiladi deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: