QALQONSIMON BEZ FAOLIYATINI BOSHQARILISHI
Qalqonsimon bezning faoliyatini asab va endokrin tizimlar boshqarib
boradi. Simpatik asab tizimining bezga keladigan tolasi qo‘zg‘atilganda
bezning giperfunksiyasiga xos belgilar kuzatiladi, chunonchi, ko‘z
cho‘qqayib, qorachigi kattalashadi, asosiy almashinuv kuchayadi.
Parasimpatik nerv tolalari esa bez faoliyatini susaytiradi. Shu bilan birga,
bosh miyada qo‘zg‘alish jarayonlari ustun turganda bez faoliyati kuchaysa,
tormozlanish jarayonlari boshlanganda bez faoliyati susayadi. Qalqon
simon bez faoliyatining boshqarilishida gipofizning oldingi qismidan
ajraladigan tireotrop gormon qalqonsimon bezning faoliyatini bosh-
qarishda ishtirok etadi, - tireoglobulinning parchalanishini, gormonlarning
sintezlanishini, ularning bezdan qonga o‘tishini va bezga yod kelishini
kuchaytiradi. Gipofiz esa gipotalamus bilan mahkam bogiangan boiib,
ikkalasi yaxlit tizimni tashkil etadi, deb yuqorida aytilgan edi. Binobarin,
qalqonsimon bez faoliyatiga asab tizimi bilan va endokrin tizim
chambarchas bogiiq holda, ta’sir ko‘rsatadi. Miya po‘slog‘i ham
qalqonsimon bezga gipotalamus - gipofiz tizimi orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Buni quyidagi misoldan ko‘rishimiz mumkin: qalqonsimon bezning nerv
aloqalari uzilsa, bu vaqtda asosiy almashinuvni shartli reflektor y o i bilan
kuchaytirish mumkin. Ayni paytda miya po‘stlog‘i gipofizdan tireotrop
gormon ajralishini kuchaytirish y o ii bilan qalqonsimon bezga ta’sir
ko‘rsatadi. Ammo bezning reflektor aloqasi uzilganidan keyin gipofizning
po‘stloq bilan aloqasi ham uzilsa, asosiy almashinuvni shartli reflektor yo‘1
bilan kuchaytirib bo imaydi.
QALQOSIMON BEZ YONIDAGI (PARATIREOID)
BEZCHALARNING ICHKI SEKRETSIYASI
Qalqonsimon bezning yonida kichkina epitelial tanachalar, ya’ni
paratireoid bezchalar bor. Oval yoki dumaloq shaklda boiadigan bu
288
bezchalar ko‘pchlik sut emizuvchi hayvonlarda to‘rtta boiadi. Ular aksar
qalqonsimon bez yonidan joy oladi-yu, lekin ba’zi hayvonlarda shu bez
to‘qimasi bilan bevosita tutashgan holda ham uchraydi. Asosiy paratireoid
bezchatlardan tashqari, qo‘shimcha bezchalar ham uchrab turadi.
Paratireoid bezchalarda ikki xil hujayra bor: bosh hujayralar va atsidofill
hujayralar. Bosh hujayralaming sekretor faoliyati isbotlangan, atsitofill
hujayralarni funksiyasi esa hali aniqlanmagan. Bu bezchalar simpatik asab
tizimi tolalari bilan ta’minlanadi. Ammo, adashgan nervdan parasimpatik
tolalar ham oladi.
Paratireoid bezchalar ishlamay qo‘yganda nimalar ro‘y berishi otlar,
itlar ustida shu bezchalarni olib tashlab o‘tkazilgan tajribalarda o‘rganildi.
Itlarda to‘rtala bezlarning hammasi olib tashlansa, ikki-uch' sutka
o‘tgandan so‘ng itlar ishtahasi yo‘qolib, juda qiyinlik bilan yuradigan,
bosh va tanasining ayrim muskullari tinmay titrab turadigan bo‘ lib qoladi.
Bu titroq vaqt o‘tishi bilan tobora kuchayaveradi va keyinchalik hayvon
tanasining boshdan-oyogiga tarqalib, umumiy talvasaga aylanadi, talvasa
tutishi tobora tezlashaveradi va oxirida it halok bo‘ladi.
Paratireoid bezchalar to‘la olib tashlanmasa, hozir aytib otilgan
hodisalar kamroq darajada namoyon bo‘ladi, ammo shunda ham hayvon
ozib ketadi, junlari to'kilib shilliq pardalariga qon quyiladi, meda va
ichaklarida uzoq vaqt davomida tuzalmaydigan yaralar paydo boiadi.
Paratireoid bezchalar olib tashlangandan keyin titroq (tetaniya) paydo
boiish nvuddati va nechogii namoyon boiish darajasi ozUqaga ham
bogiiq. Jumladan, paratireoid bezlari olib tashlangan itlarga go‘sht berish
titroq paydo boiishini tezlashtirsa, sut va o‘simlik ozuqalarini berish
tetaniyaning kechroq to‘tishiga sabab boiadi. Chunki o‘simlik dunyosidan
olingan ozuqalar va sut tarkibida kalsiy go‘shtdagiga qaraganda ko‘proq,
fosfor kamroqdir. Paratireoid olib tashlangandan keyin kuzatiladigan
kasallik belgilarining go‘shtxo‘r hayvonlarda o‘txo‘r hayvonlardagiga
qaraganda kuchliroq avjiga chiqishiga sabab ham shu. Paratireoid
bezlarning hammasini butunlay olib tashlash barcha turdagi hayvonlarda
ham ertami-kechmi albatta oiim ga olib kelishini aytib o‘tish kerak.
Bo‘g‘ozlik, laktatsiya kabi fiziologik jarayonlar paytida organizmning
kalsiyga boigan ehtiyoji oshadi. Demak, paratireoid bezlami shu davrda
olib tashlash zo‘r tetaniya tutushiga sabab boiadi. Paratgormon
yetishmasligidan paydo boiadigan tetaniya yosh hayvonlarda voyaga
etgan hayvonlardagiga qaraganda kuchliroq bo iib o‘tadi.
289
Gipokalsiemiya
Giperkalsiemiya
Dostları ilə paylaş: |