Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


REFLEKTOR VA GUMORAL BOSHQARISHLARNING



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   318
2 5213200508969289537

REFLEKTOR VA GUMORAL BOSHQARISHLARNING
0 ‘ZAR0 BOG‘LIQLIGI
Asab tizimi qonga gormonlami tushishini boshqaradi va barcha 
organlami yaxlitligini va o ‘zaro aloqasini ikkita fiziolgik mexanizimlar 
bilan ta’minlydi:
Nerv va nerv, gumoralli yo‘llar bilan organizm funksiyalarini 
bajarishda uning tashqi muhit bilan birligini ta’minlashda asosiy rolni 
bajaradi. Nerv va nerv-gumoral mexanizmlar bir-biriga bog‘liq va bir 
vaqtda faoliyat ko‘rsatadi. Asab tizimi ichki sekretsiya bezlari 
fiinksiyalarini boshqaradi, gormonlar esa asab tizimiga ta’sir ko‘rsatadi.
ENDOKRIN BEZLAR F AOLIY ATINING YOSHGA VA
YASHASH SHAROITIGA BOG‘LIQLIGI
Organizmdan gormonlar ishlab chiqarilishi, yosh ulg‘ayishi bilan 
o‘zgarib boradi. Gipofizning samototrop va ganadatrop gormonlari yosh 
o‘tgan paytda ham uzoq muddat saqlanib qoladi va ayrim vaqtlarda, hatto 
ularning sekretsiyasi ortishi mumkin, tireotrop gormonni sekretsiyasi 
kamayadi bu esa qalqonsimon bezning ichki sekretsiyasini kamayishga
307


olib keladi. Adenogipofizning ichki sekretsiyasi yosh o‘lg‘ayganda, 
bo‘yrak usti bezning po‘stloq qismining bug‘unli zonasini sekretsiyasidan 
oldin kamayadi. Demak, V.N.Nikitinning (1968) ta’kidlashicha turli 
bezlaming sekretsiya xususiyati yoshga qarab turlicha o‘zgaradi.
Bosh miya katta yarim sharlari, ichki sekretsiya bezlarining 
funksiyasini organizmni tashqi muhit moslashishini shartli va shartsiz 
reflekslar bilan birgalikda ta’min etadi. Shu yo‘l bilan organizmni tashqi 
muhit sharoitlariga va uning ichki muhitini o‘zgarishiga murakkab, lekin 
aniq moslanishini bajaradi, ya’ni organizmni hayotini va uning 
rivojlanishini ta’minlydi.
Emotsional holatlar paytida (qo‘rqish,g‘azab,og‘riq va boshqa) juda 
ko‘plab himoyaviy fiziologik jaryonlar bajariladi, ya’ni organizm boig'usi 
talablariga nisbatan moslanish xususiyatlari bilan lol qoldirib kelmoqda. 
Emosiya - bu odam va hayvonlar organizmiga tashqi muhitning ma’lum 
darajadagi ta’sirini bosh miya katta yarim sharlari faoliyati tufayli yaxlit 
holda bajarilishini belgilovchi ko‘rsatkichdir.
Emotsional qo‘zg‘alishlar jigar va muskullardagi zahirada saqlanuv- 
chi glikogenni adrenalin ta’sirida glyukozaga aylanishi tufayli qon 
tarkibidagi qandlik darajasini oshishi bilan birgalikda kechadi. Xuddi 
shunday adrenalinning ajralishining ortishi og‘riqli qo‘zg‘alishlarda ham 
kuzatiladi. Buyrak usti bezi olib tashlangan paytda har qanday kuchli 
g‘azablanish ham siydik tarkibidagi qandning ajralishini chaqirmaydi. 
Og‘riqli qo‘zg‘alishlar gipofiz funksivasiga ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan, 
Masalan, kuchli og‘riqli qo‘zg‘atish gipofizning ganodatrop gormonlarini 
ajralishini kuchaytiradi. Qator hayvonlarda jinsiy aloqa paytida reflekslar 
qo‘zg‘alishi tufayli gipofizning ganodotrop gormonlarini ajralishini 
chaqiradi.
Ichki sekretsiya bezlarining olib tashlanishi moddalar almashinuviga 
bosh miya yarim sharlarining ta’sirini o ‘zgartiradi.
Turli gormonlar yoki mediatorlami organizmga kiritish yo‘li bilan 
shartli reflekslar hosil qilinish tufayli, bosh miya yarim sharlarining ichki 
sekretsiya bezlari faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin