Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


XI BOB. ASAB VA MUSHAK FIZIOLOGIYASI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318
2 5213200508969289537

XI BOB. ASAB VA MUSHAK FIZIOLOGIYASI
• Nerv va muskul to‘qimalari faoliyatlarining turli tomonlari 
fiziologiyada turlicha ifodalanadi: 
fiz io lo g ik
tinchlik holati, qo‘zg‘algan va 
tormozlangan holatlar.
Organizmda mutloq tinchlik holati bo imaydi,chunki organism tinch, 
harakatsiz turganda ham organlari ishlab turadi. Organizm toki tirik ekan, 
barcha organ va to‘qimalarida moddalar almashinuvi hech to‘xtamaydi. 
Shu sababli tinchlik holati deganda, nisbiy, organizmdagi fiziologik 
tinchlik holat tushuniladi. Fiziologik tinchlik holat muayyan organ yoki 
to‘qimaning o‘ziga xos faollik belgilarini namoyon qilmay turgan holatdir. 
Masalan, muayyan muskul qisqarmay turgan boisa, uning shu holati 
fiziologik tinchlik holat deb qaraladi.
Organizmning barcha hujayralari ta’sirlanish xususiyatiga ega. 
Istalgan tirik hujayra tashqi va ichki muhitdan kelayotgan ta’sirotga 
javoban o‘zidagi moddalar almashinuvini maium yonalishda o‘zgartiradi.
Ta'sirlanuvchanlik hayvonot va o‘simlik olamining yashashi va 
rivojlanishida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Binobarin, bu xususiyat barcha 
to‘qimalar uchun, jumladan, nerv va muskul to‘qimalari uchun ham xosdir. 
Organizmlar evolyutsiyasida, nerv, muskul va bez to‘qimalari ta’sir- 
lanuvchanlik bilan bir qatorda qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatini ham kasb 
etgan. Nerv, muskul va bez to‘qimalarida ta’sirotga javoban yuzaga kelgan 
reaksiyani o‘zi bo‘ylab tarqatib, qo‘zg‘alib javob beradi. Qo‘zqaluvchan 
to‘qima qo‘zg‘alishi uchun unga ta’sirotchi (qitiqlagich) ta’sir etishi kerak. 
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimani qo‘zgatish qobiliyatiga ega boigan har bir 
narsa, istalgan materiya harakati ta’sirotchi (qitiqlagich) b o ia oladi. Ichki 
va tashqi ta’sirotchilar farq qilinadi. Tevarak muhitda yuz beradigan turli-
N.E. Vvedenskiy 
(1852-1922)
A . A.Uxtomskiy 
(1875-1942)
312


tuman o‘zgarishlar, masalan: yoruglik, tovush, ximik, mexanik o‘zgansii- 
lar tashqi ta’sirotchilar jumlasiga kiradi. Ichki ta’sirotchilarga tana lehida 
kuzatiladigan ximik, fizik, biologik o‘zgarishlar kiradi: qondagi karbonat 
angidrid, gormonlar konsentratsiyasining o‘zgarishi, nerv impulslari va 
boshqalar shular jumlasidandir. Ta'sirotlar o‘zlarining kelib chiqishiga 
qarab: fizik, mexanik, harorat, elektrik, yorug‘lik, tovush ta’sirotlari, nur 
ta’sirotlari, (alfa, beta va gamma nurlari, rentgen nurlari), ximik 
(gormonlar, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, zaharlar) va biologik (mikroblar, 
viruslar, zamburuglar) ta’sirotchilariga bo‘linadi. Ta'sirotchilar to‘qima 
uchun biologik ahamiyati jihatidan adekvat va noadekvat (indamvat) 
ta’sirotchilar deb ajratiladi. Muayyan to‘qimaga odatdagi tabiiy sharoitda 
ta’sir qilib turadigan, o‘sha to‘qimaga xos bo‘lgan ta’sirot adekvat 
ta’sirotdir. To‘qima adekvat ta’sirotga evolyutsiya davrida moslashgan 
bo‘ladi. Masalan, kuz uchun yorug‘lik, muskullar uchun nerv impulsi 
adekvat ta’sirotchidir. Bir to‘qima yoki organ uchun bir necha adekvat 
ta’sirotchi bo‘lishi mumkin. Chunonchi, uzunchoq miyadagi nafas markazi 
qondagi karbonat angidrid bilan ham, nerv impulsi bilan ham qo‘zg‘aladi. 
Muayyan to‘qima uchun xos bo‘lmagan ta’sirot noadekvat ta’sirotdir. 
Masalan, muskul faqatgina adekvat ta’sirot ostida qo‘zg‘almay, tabiiy 
sharoitda ta’sir etmaydigan ta’sirotlar ta’sirida ham qo‘zg‘aladi. Bunday 
ta’sirotlarga kislota, ishqor, elektr toki, mexanik ta’sirotlar, issiqlik va 
boshqalar kiradi. Bo‘laming har biri o‘z holicha ta’sir etib, muskulni 
qo‘zgatishi mumkin. Har qanday to‘qima noadekvat ta’sirotchiga 
qaraganda adekvat ta’sirotchini tezroq sezadi. Noadekvat ta’sirotchilardan 
foydalanishga eng qo‘layi elektr tokidir. Elektr tokining ta’sir vaqtini va 
miqdorini o ‘lchash ancha oson. Zaif elektr tokidan foydalanilganda 
to‘qima shikastlanmaydi. Elektr toki o‘z tabiati bilan to‘qima qo‘zg‘al- 
ganda hosil bo‘ladigan, qo‘zg‘alishning zaminida yotadigan bioelektrik 
tokka yaqindir. Aksariyat hollarda ta’sirotchi sifatida induksion tokdan 
foydalaniladi. Barcha ta’sirotlar kuchiga qarab pog‘ona pog‘ona osti va 
pog‘ona usti ta’sirotlarga boiinadi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning 
qo‘zg‘alishi uchun kifoya qiladigan eng minimal ta’sirot kuchi pog‘ona 
(busag‘a) ta’sirot bundan kam ta’sirot kuchiga pog‘onadan past, ortiqroq 
kuchga esa pog‘onadan yuqori ta’sirot deyiladi. Pog‘onadan past ta’sirot 
kuchi bilan to‘qima qo‘zg‘almaydi, pog‘onadan yuqori ta’sirot kuchi bilan 
esa kuchliroq qo‘zg‘aladi.
Qo‘zg‘aluvchanlikni aniqlash. To‘qimaga ta’sir qilayotgan ta’sirot- 
ning kuchi va ta’sir qilish vaqtini bilgan holda, to‘qimaning qo‘zg‘aluv- 
chanlik darajasi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. To‘qimaning qo‘zg‘aluv-
313


chanligi qancha baland bo‘lsa, uning qo‘zg‘alish pog‘onasi shuncha past 
boiadi, ya’ni bunday to‘qimaning qo‘zg‘alishi uchun shuncha kam kuch 
talab qilinadi. To‘qimaning qo‘zg‘alish pog‘onasi doim bir xil bo imaydi. 
U to‘qimaning fiziologik holatiga qarab o‘zgarib turadi. To‘qimaning 
qo‘zg‘alishi uchun pog‘ona kuchiga ega boigan ta’sirotning minimal ta’sir 
qilish vaqtiga foydali vaqt deyiladi. To‘qimaning qo‘zg‘alishi uchun unga 
ta’sirotchi ma’lum vaqt davomida ta’sir qilmogi lozim. Ta'sirotchining 
ta’sir qilish kuchi qancha osha borsa, ta’sir qilish vaqti shuncha qisqarib 
boradi. Abstsissa o‘qiga o‘zgarmas tokning ta’sir vaqti, ordinata o ‘qiga 
kuchi ko‘rsatkichlari qo‘yib chiqilsa, bu vaqtda hosil boigan kuch vaqt 
egri chizigida ularning o‘zaro munosabati ifodalanadi
Foydali vaqtini ifodalovchi V nuqta kuch-vaqt egri chizig‘ining 
abstsissa o‘qiga parallel qismida joylashadi. Bu vaqtda ta’sir qilayotgan 
kuch ko‘rsatkichini ozroq o‘zgartirsak (ordinata o‘qi bo‘ylab), vaqt 
ko‘rsatkichi (abstsissa o ‘qi bo‘ylab) ancha o‘zgarib ketadi. Shu sababli bu 
joy bilan foydali vaqtni aniqlash qiyin, chunki pog‘ona kuchining 
ko‘rsatkichi hujayra membranasining funksional holatiga qarab bir oz 
o‘zgarib turadi. Shu sababdan qo‘zg‘alishni aniqlash uchun L.Papik 1909 
yilda boshqa shartli miqdomi taqdim etdi va uni xronaksiya deb atadi.
Xronaksiya deb qo‘zg‘aluvchan to‘qimaga ikki reabaza (reabaza- 
pog‘ona kuchi) kuch bilan ta’sir etganda to‘qimaning qo‘zg‘alishi uchun 
ketgan vaqtga aytiladi. To‘qimaga ikki reabaza (ikki pog‘ona kuch) bilan 
ta’sir etganda qo‘zg‘alishi uchun ketgan vaqtni ifodalovchi chiziq kuch- 
vaqt egri chizig‘ining tik ko‘tarilgan «kam harakatchan» D nuqtasida 
joylashadi. Bu vaqtda qo‘zg‘alish uchun ketgan vaqt to‘g‘ri aniqlanadi. 
Xronaksiya sekundning mingdan bir boiaklari (millisekundlar) yoki 
sigmalar bilan ifodalanadi.
Xronaksiya maxsus xronaksimetr asboblari yordamida ulchanadi. 
Xronaksiya miqdori to‘qimaning tuzilishiga, holatiga qarab har xil boiadi. 
Masalan: it va kavsh qaytaruvchi hayvon harakatlantiruvchi nervlarining 
xronaksiyasi 0,09-0,2; tana muskullariniki 0,2-0,4 millisekundga teng. 
Me’da, ichak, bachadon devorlarining xronaksiyasi sekundning undan va 
yuzdan bir boiaklarida teng boiishi mumkin. To‘qimaning qo‘zg‘alish 
pog‘onasi ta’sirotchining kuchiga va ta’sir qilish vaqtigagina emas, balki 
ta’sirotchi kuchining nechogii tez ortib borishiga (tezligiga) ham 
bogiiqdir. Ta'sirot kuchi qancha tez oshib borsa, to‘qimaning qo‘zg‘alish 
pog‘onasi shuncha kichik boiadi. Agar ta’sirot kuchi asta-sekin oshirilib, 
to‘qimaning qo‘zg‘alish pog‘onasiga ohista yetkazilsa, kuch qo‘zg‘alish 
pog‘onasiga yetgani bilan to‘qima qo‘zg‘almaydi. Bunda to‘qimani
314


qo‘zgatish uchun ortiqroq kuch bilan ta’sir qilishga to‘g‘n ke!aui. yaШ 
to‘qimaning pog‘ona ko‘rsatkichi kattaroq boiadi. Sababi shuki, ta’sirot 
kuchi oshirilayotgan vaqtda to‘qimada faol o‘zgarishlar ro‘y berib 
ulguradi, bu o‘zgarishlar qo‘zg‘alishning kelib chiqishiga tusqinlik qilib, 
qo‘zg‘alish pog‘onasini oshiradi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimaning sekin ortib 
boruvchi ta’sirot kuchiga shu tariqa moslashish hodisasi akkomodatsiya 
deb ataladi. To‘qima akkomodatsiyasining tezligi qancha yuqori boisa, 
ta’sirot o‘z ta’sirini namoyon qilishi uchun, kuchini shuncha tez orttira 
borishi kerak. Turli to‘qimalaming akkomodatsiya tezligi har xil, masalan, 
sezuvchi nerv tolalariga qaraganda hairakatlantiruvchi nerv tolalarining 
akkomodatsiya tezligi yuqori boiadi. 
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar 
qo‘zg‘aluvchanlikdan tashqari labillik-funksional harakatchanlik xusu- 
siyatiga ham egadir. Labillik xronaksiyadan oldinroq 1892 yilda 
N.E.Vvedenskiy tomonidan ta'riflab berilgan. Agarda xronaksiya faqat 
ta’sirotning ta’sir qilishi uchun zarur vaqtini ifodalasa, labillik ta’sirotning 
ta’sir qilish vaqti bilan birga to‘qimaning qo‘zg‘alishi va avvalgi holatiga 
qaytib kelishi uchun zarur vaqtni ham ifodalaydi.
Qo‘zg‘alish. 
Qo‘zg‘alish 
qo‘zg‘aluvchan 
to‘qimaning 
nisbiy, 
fiziologik tinchlik holatidan faol faol holatiga o‘tishidir. Qo‘zg‘alish 
murakkab hodisa boiib, uning umumiy va o‘ziga xos belgilari bor. 
To‘qima qo‘zg‘alganda dastawal umumiy belgilari yuzaga chiqadi: 
moddalar almashinuvi tezlashadi, turli miqdor va sifat o‘zgarishlari ro‘y 
beradi, hujayra membranasining elektr zaryadi o‘zgaradi. So‘ngra 
qo‘zg‘alayotgan to‘qimaning o‘zi uchun xos, maxsus boigan reaksiyasi 
kuzatiladi, masalan, muskul qisqaradi, nerv tegishli impulslami o‘tkazadi, 
bez shira ajratadi (sekretsiya) va hokazo. Qo‘zg‘alishning umumiy 
qonuniyatlari nerv-muskul preparatida o‘rganiladi. Nerv-muskul preparati 
baqaning qovmich nervi va boldir muskulidan tayyorlanadi. To‘qima qo‘z- 
g ‘alganda kuzatiladigan asosiy jarayonlardan biri bioelektrik hodisalardir.
Yakka qo‘zg‘alish. Fiziologik tajriba sharoitida qo‘zg‘alishning 
tabiatini o‘rganish uchun nerv yoki muskulga yakka-yakka ta’sirot berilib, 
yakka-yakka qo‘zg‘alish hosil qilinadi. Yakka qo‘zg‘alish hosil qilish 
natijasida har qanday qo‘zg‘aluvchan to‘qimada harakat potensiali bilan 
bir vaqtda tarqalmaydigan, mahalliy (lokal) javob ham hosil qilsa boiadi. 
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimada pog‘onadan past kuchga ega boigan istalgan 
ta’sirot yordamida tarqalmaydigan mahalliy javob reaksiyasini hosil qilish 
mumkin. Ta'sirot kuchi osha borgan sari mahalliy reaksiya ham kuchayib 
boradi. 
Qo‘zg‘aluvchan 
to‘qima tarqalmaydigan 
mahalliy javob 
berayotganda hujayra membranalarining o ‘tkazuvchanligi ozgina qo‘zg‘al-
315


gan bo‘ladi xalos. Bu vaqtda membrana sirtida hujayra ichiga kirayotgan 
natriy ionlarining miqdori oz bo‘lib, u hali harakat potensiallarini keltirib 
chiqara olmaydi. Ta'sirot kuchi to‘qimaning qo‘zg‘alish pog‘onasiga 
yetganidan keyin hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi sezilarli 
darajada o‘zgaradi. Oqibatda hujayra membranasining sirtidan ichiga ko‘p 
miqdorda natriy ionlari kirishiga sharoit tug‘iladi. Natijada to‘qimaning 
ta’sirlanayotgan nuqtasi elektr holati o‘zgarib, qo‘zg‘aladi va hosil bo‘lgan 
potensiallar farqi to‘qima bo‘ylab tarqaladi. Qo‘zg‘alish barcha 
qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda bir xil tezlik bilan tarqalmaydi. Masalan, 
qo‘zg‘alish impulsi issiq qonli hayvonlarning harakatlantiruvchi nervlari 
bo‘ylab, 160 m/sek gacha tezlik bilan tarqalsa, tana muskullari bo‘ylab esa 
12-15 m/sek gacha tezlik bilan tarqaladi
To*qima qo‘zg‘alganda qo‘zg‘aluvchanlikning o‘zgarishi. To‘qima 
qo'zg’alganda uning qo‘zg‘aluvchanligi vaqtincha pasayadi. Qo‘zg‘aluv- 
chanlikning bunday pasaygan davri refrakter davr deyiladi (refrakterlik- 
javob bermaslik). Refrakter davr ikkiga: mutloq refrakter davr va nisbiy 
refrakter davrlariga bo‘linadi. Qo‘zg‘alishning paydo bo‘lish va rivojlanib, 
avjiga chiqish davri mutloq refrakter faza deyiladi. Bu fazada 
qo‘zg‘aluvchanlik butunlay yo‘qolgan bo‘ladi. Mutloq refrakter fazada 
ikkinchi ta’sirot har qancha kuchli boisa ham, jami qo‘zg‘alishni, ya’ni 
yangi harakat potensiallari farqini vujudga keltira olmaydi. Mutloq 
refrakter faza har xil to‘qimalarda har xil muddat davom etadi. Issiq qonli 
hayvonlarning nerv tolalarida 0,0004-0,002, tana muskullarida 0,0025- 
0,003, yurak muskullarida esa 0,3-0,4 sek. teng bo‘ladi. Mutloq refrakter 
fazadan keyin to‘qimaning qo‘zg‘aluvchanligi tiklana boradi. To‘qima 
qo‘zg‘aluvchanligining shunday davrini nisbiy refrakter faza deyiladi. 
Nisbiy refrakter fazada to‘qima kuchli ta’sirotga kuchsiz qo"zg‘alish bilan 
javob qaytara oladi. Bu fazada to‘qima qo‘zgatilganda harakat 
potensiallarining amplitudasi keskin kamaygan bo‘Iadi. Nisbiy refrakter 
faza nerv tolalarida 0,001-0,01, muskullarda 0,03sek. davom etadi. Nisbiy 
refrakter faza supernormal faza, ya’ni qo‘zg‘aluvchanlik kuchayadigan 
faza bilan almashinadi. Bu fazani N.E.Vvedenskiy ekzaltatsiya fazasi deb 
atagan edi. Supernormal faza (ekzaltatsiya fazasi) harakat potensialidan 
keyin kuzatiladigan manfiy iz potensiallari davrida kuzatiladi. Ta'sirot 
to‘qimaga ana shu fazada ta’sir qilgandagina to‘qima to‘la qo‘zg‘aladi. 
Manfiy iz potensiali yo‘q to‘qimaning supernormal fazasi bo‘lmaydi. 
Ayrim to‘qimalarda supernormal faza subnormal faza bilan almashinadi. 
Supernormal fazada to‘qimaning qo‘zg‘aluvchanligi fiziologik tinchlik 
holatdagiga nisbatan pasaygan bo‘ladi. Bu faza musbat iz potensiallari
316



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin