muayyan kuchiga optimal kuch deyiladi. Ta'sirot kuchi optimal darajadan oshib borgan sari to‘qimaning qo‘zg‘alishi pasayadi. Oqibatda ta’sirot kuchi muayyan darajaga yetgandan keyin to‘qima mutlaqo qo‘zg‘almay qo‘yadi. Ana shunday ta’sirot kuchiga pessimum kuch deyiladi. Demak, ta’sirot chastotasini o ‘zgartirmasdan, kuchini oshiraverishning o ‘zi ham to'qima qo‘zg‘alishining a w a lo optimal, so'ngra pessimal tarzda o ‘zgartirishiga sabab boiadi. Optimum va pessimum qo‘z g ‘alish hodisasi N.E.Vvedenskiy tomonidan o ‘rganilgan b oiib , barcha tirik to‘qimalar uchun xos xususiyatdir. 0 ‘zgarmas tokning tirik to‘qimaga ta’siri. Muskul va nervlar elektr tokini o ‘tkazish xususiyatiga ega. Muskul bilan tutashgan nervga elektrodlar o ‘matib, tirik to‘qimaga elektr toki ta’sirini o ‘rganish mumkin. 0 ‘zgarmas tok tirik to‘qimaga faqatgina zanjir ulangan yoki uzilgan paytda ta’sir qiladi, xalos. Tok ta’siri zanjir ulanganida uzilgan paytdagidan ko‘ra, kuchliroq boiadi. Zanjir ulanganida katodda, uzilganda anodda qo‘zg ‘alish paydo boiadi. Zanjir ulanganda katodda to'qimaning qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, anodda pasayadi, uzilganda esa, buning aksi kuzatiladi. Zanjir ulanganda va uzilganda o ‘zgarmas tok ta’siri bilan katodda va anodda to‘qima fiziologik holatining o'zgarishiga elektroton deyiladi. Qo‘zg ‘aluvchanlikning katodda oshishiga katelektron, anodda oshishiga anelektron deyiladi. Muskulga kelgan nervga elektrodlar qay holatda o'rnatilganiga qarab, tokning y o ‘nalishi o ‘zgaradi. Nervning muskulga yaqin joyiga anod qo‘yilsa, tok muskuldan nerv tomon y o ‘naladi (yuqoriga y o ‘nalgan tok), agarda shu joyga katod qo‘yilsa, tok nervdan