yuzaga kelgan davrda kuzatiladi. To‘qima qo‘zg‘alganida qo'zg'aiuvchau- ligining o ‘zgarishi to‘qimada moddalar almashinuvining o ‘zgarishiga bog‘liqdir. Refrakterlik qo‘zg ‘aluvchan to‘qimaning normal faoliyati uchun zarur holatdir. Chunki mutloq refrakter fazada to‘qimaning qo‘zg‘alayotgan joyida murakkab bioximik hodisalar sodir bo‘ladi, oqibatda organik moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi, to‘qima shu energiya hisobiga qo‘zg‘aladi. RITMIK QO‘ZG‘ALISHLAR Nerv va muskul tolalarida yakka qo‘z g ‘alish faqat fiziologik eksperiment sharoitida hosil qilinadi. Tabiiy sharoitda organizmda harakat potensiallari, ya’ni nerv impulslari, yakka-yakka o ‘tmay, balki bir qanchasi ritmik ravishda, navbatma-navbat bilan o ‘tadi va biri-ikkinchisini keltirib chiqaradi. Nerv, muskul va boshqa to‘qimalardagi sezuvchi nerv uchlari - retseptorlarda muayyan ta’sirot tufayli impulslar seriyasi hosil bo‘ladi va bu impulslar o ‘sha retseptorlardan boshlanadigan markazga intiluvchi nerv tolalari orqali markaziy nerv tizimiga uzatiladi. Markaziy nerv tizimining istalgan qismi (nerv markazlari) qo‘z g ‘aIganida ham, xuddi shuningdek bir qator impulslar hosil b oiib , markazdan qochuvchi nerv tolalari orqali ishchi organga uzatiladi. Ishci organ skelet muskullari bo‘lsa, ularda nerv orqali kelgan impulslar ritmiga yarasha qo‘z g ‘alish paydo boMib, muskullar tegishlicha qisqara boshlaydi. Optimum va pessimum ta’sir. To‘qima maksimal qo‘zgatilsa, harakat potensiallari hosil bo‘lgani bilan, to‘la, bekamu-ko‘st qo‘zg ‘alishlar hosil qilmaydi. To‘qimaning to‘la qo‘zg ‘alishi uchun unga ta’sir qilayotgan ta’sirot chastotasi va kuchi optimal bo‘lishi kerak.