Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


FUNKSIYALARNING BOSHQARILISHDAGI BOSHQA



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   318
2 5213200508969289537

FUNKSIYALARNING BOSHQARILISHDAGI BOSHQA
GUMORAL OMILLAR
Organizmning ichki muhiti asab tizimiga, uning funksiyalariga to‘rli 
mediatorlar va metobolitlar ishtrokida nerv-gumoral yo‘l bilan turlicha 
ta’sir ko‘rsatadi.
308


Mediatorlar asab tizimida, neyronlararo sinapslarda va organlardagi 
nerv uchlarida hosil bo‘ladi, ular nerv jarayonlarida ishtirok etadi. Ularga 
asetilxolin, adrenalin, noradrenalin, serotenin, gamma-aminomoy kislotasi, 
R-moddasi (polipeptid), glutamin va aspargin kislotalari kiradi.
Asetilxolin, neyrogormon sifatida markaziy asab tizimining 
neyronlararo sinapslardagi asab jarayonlarini o‘tkazishda ishtirok etadi, 
bundan tashqari, mionevralli apparatlarda, organlardagi bo‘g‘inlardan 
keyingi parasimpatik tolalarning uchlarida, barcha qo‘zg‘atuvchi 
bo‘g‘indan oldingi simpatik tolalarniiig uchlarida va teri bezlaridagi 
bo‘g‘indan keyingi simpatik tolalarning uchlarida yuz beradigan asab 
jarayonlarida ham ishtirok etadi. Uning letsitin fosfopipteddan hosil 
bo‘lishida xolinesteraza fermenti ishtirok etsa, uning parchalanishida 
xolinestereza fermenti faollik ko‘rsatadi. Uning sintezlanishi uchun 
metionin aminokislotasining ishtiroki zarur, me’da osti bezidan ishlab 
chiqariladigan va glyutonin va lipokainlar xuddi xolin singari ta’sir 
ko‘rsatishi aniqlangan.
Buyrak usti bezining adrenalin va noradrenalin gormonlari bir 
vaqtning o ‘zida ham neyron ham gormon mediatorlari bo‘lib hisoblanadi. 
Ular simpatik tolalarning bug‘undan oldingi tormozlovchi sinapslarida 
hosil bo‘ladi, noradrenalin esa-ter bezlaridan tashqari barcha simpatik 
tolalarning bug‘indan oldingi uchlarida tirozin aminokislotasidan hosil 
bo‘ladi va perokatixalaminlaming (katixolaminlar) hosilalari hisoblanadi. 
Adrenalindan adrenoxolin hosil bo‘ladi, ya’ni qo‘rqqan paytda qonda 
kuzatiladi 
agglyutinasiya 
chaqirib 
qon 
tomirlarini 
toraytiradi. 
Monoaminooksidaza fermenti yordamida parchalanadi.
В guruhi vitaminlarning ayrimlari, masalan, tiamin va riboflavinlar 
odatda hujayralarni havo bilan taminlanishi va nafas olishda ishtirok 
etuvchi kofermentlami hosil bo‘lishi uchun material tashuvchilar 
hisoblanadi va aynan shu vitaminlami roli okidlovchi fosforlanish 
jarayoniga asoslangan. Shu sababli yuqorida qayd qilingan В guruh 
vitaminlari va kofermentlar organizmga simpatik nervlar kabi ta’sir 
ko‘rsatadi.
Nevrogormon sifatida qo‘zg‘atuvchi metobolitlarni eng muhim- 
laridan biri - gistamin hisoblanadi. U asab jarayonlarini utkazishda 
ishtirok etadi, qon aylanishi va me’da shirasida xlorid kislotasining 
ajralishini boshqaradi. Bu gistidin aminokislotasining hosilasi hisoblanadi 
va uning parchalanishida monoaminooksidaza yoki gestoaminaza 
fermentlari ishtrok etadi. Gistamin uzoq davom etuvchi bosh og‘rig‘i, 
terming qichishini va shishishini chaqiradi, shuning uchun ham u mahalliy
309


og‘riq chaqiruvchi gormon hisoblanadi. U oqsillar bilan birikkan bo‘ladi, 
uni birikkan holatidan vitaminlar В va sirotalar xalos etadi, hamda uning 
ta’sirini kuchaytiradi.
Gormonlar faqatgina ichki sekretsiya bezlarida hosil boimaydi. Juda 
ko‘plab moddalar almashinuvi va organizmlarning funksiyalarini 
boshqaruvchi gormonlar bosh miyada ayniqsa uning burtiklari ostida nafas 
va ayiruv organlari hamda ovqat hazmi kanalida ham ajraladi. Soiak 
bezlaridan qon tarkibidagi kalsiy miqdorini pasaytiruvchi protein ajraladi, 
hamda insulin gormoni kabi ta’sir qiluvchi, ya’ni qondagi qand miqdorini 
kamaytiruvchi modda ham hosil bo‘ladi. Privratnikning (me’dadan o‘n 
ikki barmoqli ichakka chiqish joyidagi qorin bo‘yini) shilliq pardasidan 
gastirin ajraladi, u me’da shirasi ajralishini qo‘zg‘atadi, hamda u yerda 
vitamin ham ajraladi,. u me’da shirasi tarkibida xlorid kislota ajralishini 
qo‘zg‘atadi. Privratnikniing me’da shirasi tarkibida xlorid kislotasiz 
entrogastron gormoni shira ajralishini tormozlaydi. 0 ‘n ikki barmoqli 
ichakning shilliq pardasidan ajraladigan sekretin gormoni me’da va me’da 
osti bezlari sekretsiyasini qo‘zg‘atadi. 0 ‘n ikki barmoqli ichak shilliq 
pardasiga yog‘ ta’sir etganida ajraladigan entrogastron me’da shirasining 
tormozlaydi. Siydik tarkibida uchraydigan uragastron gormoni medaning 
shira ajralishini va harakatini tormozlaydi. 12 barmoqli ichak shilliq 
pardasidan ajraladigan pankrozimin meda osti bezi shirasi tarkibida 
fermentlar hosil boiishini ko‘paytiradi (sekritin meda osti shirasi tarkibida 
fermentlar sinteziga ta’sir ko‘rsatmaydi). 12-barmoqli ichakning shilliq 
pardasida xolistokinin ishlab chiqiladi, bu gormon o‘t xaltasini 
suyuqlikdan tozalanishini chaqiradi, xuddi shunday xususiyatga ega 
boigan gormon uroxolissetokinin siydik tarkibida ham mavjud. 0 4
xaltasimng pardasidan antiuroxolisetokinin gormoni ajraladi va u aksincha 
o‘t xaltasining qisqarishini tormozlaydi. 12-barmoqli ichakning shilliq 
pardasida ingichka ichaklaming buferli qismidagi ichaklar shirasini 
ajralishini boshqaruvchi duokrin gormoni ajraladi. ekstrokrenin gormoni 
ichaklar shirasini ajralishini qo‘zg‘atadi va u ingichka va yo‘g‘on 
ichaklaming shilliq pardasida hosil boiadi, ingichka ichaklaming shilliq 
pardasida hosil boiuvchi valikinin gormoni so‘rg‘ichlami qisqarishini 
qo‘zg‘atish bilan birga so‘rilishni ta’min etadi. Jigar va o ‘pkada 
sintezlanadigan geparin qonning ivishini tormozlaydi.
Yurak tomirlar tizimini faoliyatini boshqaruvchi gormonlarga 
gipertinzin kiradi, u jigarda hosil boiadigan gipertinzinogendan hosil 
boiadi va qon bosimini oshiradi. Proteolitik fermentlar qatoriga kiruvchi 
renin gormoni ta’sirida buyraklar qon bilan yetarlicha ta’minlanmaganida
310


hosil bo‘ladi va qonga chiqariladi hamda passiv hoidagi 
•• • 
......
faol gipertenzinogenga aylantiradi.
Ovqat hazm kanalida, trambositlarda va semiz hujayralardan 
serotinin ishlab chiqariladi. Ya’ni, tomirlarni toraytirib, qon bosimini 
oshiradi.
Meda osti bezi shirasining fermenti-tripsin ta’sirida passiv hoidagi 
o‘tmishdoshlaridan hosil bo‘ladigan kallikriyen va vagotinin (boradikinin) 
qon bosimini pasaytiradi.
Nafas olish organlari mukor diffuziyali endokrin tizimga ega va ular 
burun, halqum, kekirdak va bronxlarning shilliq pardasida alohida 
joylashgan hujayralar sifatida nomoyon bo‘ladi.
Ularga K- hujayralar, R-hujayralar neyroepitielial tanachalari va 
silindrik hujayralari kiradi, hamda ular tomonidan biogenli aminlar 
ajraladi. Olinayotgan va chiqarilayotgan kislorod hamda karbonot angidrid 
gazlari ta’sirida bu hujayralar qo‘zg‘atiladi va serotinin, dopamin, 
bombezin hamda vozofaol inistinalli polepiptid (VIP) ajraladi.
K-hujayralari tomirlar tonusini kuchaytiruvchi, 
qon ivishini 
tezlashtiruvchi, muskul tolalarini charchashini pasaytiruvchi sirotinin 
gormonini ishlab chiqaradi. Agar bu gormon ko‘p bo‘lsa bronxlar 
spazmasi kuzatiladi. Xivchinsiz cho‘zilgan bir joyga yig‘ilgan hujayralar 
neyroepitelial tanachalar hosil qiladi. Bular xuddi K-hujayralar singari 
sirotinin gormonini ajratadi. R-hujayralar, dopamin va bombizin 
gormonlarini ishlab chiqaradi. Dopamin - noradrenalinning o‘tmishdoshi, 
u bronxlarni kengaytirib nafas olishni yengillashtiradi, bombezin o‘pkada 
moddalar almashinuvini 
stimullaydi. Silindrik hujayralar intistenalli 
polepiptidni (VIP) ajratadi. U kapillyarlarga tushib bronxialalami silliq 
muskullariga qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Keltirilgan dalillarni ko‘rsatishishicha gormonlar va mediatorlar hosil 
bo‘lishi uchun aminokislotalar, vitaminlar va fermentlar zarur ekan. 
Demak organizmdagi moddalar almashinuvi, o‘sish, rivojlanish va 
funksiyalarga ichki sekretsiya bezlari gormonlaridan tashqari, kelib 
chiqishidan biologik katalizator sifatida mediatorlar, ichki sekretsiya 
bezlaridan tashqarida ishlab chiqariladigan ayrim metabolitlar va 
gormonlar ham ta’sir ko‘rsatadi, u moddalarning ta’siri bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq.
311



Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin