Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318
2 5213200508969289537

PLATSENTANING ENDOKRIN FAOLIYATI
Platsenta juda mihim ichki sekretor organ bo‘lib hisoblanadi. 
Platsentada bo‘g ‘ozlikning mutadil kechishi uchun zarur gormonlar, 
jumladan, progesteron gormoni hosil bo‘lib turadi. Platsentaning xorionida 
esa gonadotropin gormoni ishlanib chiqiladi. Platsentada shuningdek, 
estrogenlar, androgenlar, glyukokortikoidlar, oksitotsin, melanofor va 
o‘zining 
fiziologok 
ta’siri 
jihatidan 
somatotrop, 
tireotrop, 
andrenokortikotrop 
gormonlariga 
o‘xshab 
ketadigan 
gormonlar 
sintezlanishi keyingi paytlarda aniqlandi. Relaksin tug‘ish aktida, 
bachadon muskulining qisqarishida katta ahamiyatga egadir.
EPIFIZMNG ENDOKRIN FAOLIYATI
Bu bez bosh miyada to‘rt do‘mboqchasining yuqori domboqchalari 
orasida joylashgan bo‘lib, oyoqchasi bilan uchinchi miya norvonchasining 
dorsal qismiga tutashgandir. Barcha umurtqali hayvonlarda mavjud bo‘lsa- 
da, baliqlar, amfibiyalar va reptiliyalarda kamroq, sut emizuvchilarda esa 
yaxshiroq rivojlangan. Bu bezning organizm uchun ahamiyati yaqin 
vaqtgacha ham noma’Ium edi. Hozir bu bezdan uch xil gormon: serotonin, 
melatonin va adrenoglomerulotropin ishlanib chiqishi isbotlagan.
Serotonin yoki S - oksitriptamin epiflzdan tashqari bosh miya, 
ichaklaming devorida va taloqda sintezlanadi. Ammo u bu organlardan 
ko‘ra epifizda ko‘proq ishlanadi. Organizmda serotonin triptofan 
aminokislotasidan hosil bo‘ladi. Serotonin arteriolalami toraytirib, qon
304


bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o‘zi torayib, qon bosimi obiigau 
bo‘lsa, serotonin ichak peristaltikasini, gipofizning keyingi qismidan 
qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi, antidiuretik xususiyati ham 
bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslami o‘tkazish - mediator 
vazifasini ham o‘taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan 
hosil bo‘ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlaming 
terisida bo‘ladigan maxsus pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U 
o‘zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo‘lgani uchun terini 
oqartiradi. 
Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan 
melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po‘stloq qavatining 
koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin