BUYRAK USTI BEZLARI
Odamlar va hayvonlarning buyrak usti bezlari juft organ boiib,
buyraklaming ustida joylashgandir. Ayrim hayvonlarda bu bezlar
buyrakka bevosita tutashib tursa, ikkinchi bir xil hayvonlarda buyrakdan
bir oz nariroqda joylashgan boiadi. Buyrak usti bezlari bir-biridan farq
qiladigan ikki qavatdan, po‘stloq (interinal to‘qima) qavati va m agiz
(xromofin to‘qima) qavatidan tashkil topgan. Organizmda m agiz va
po‘stloq qavatlarining hujayralaridan iborat mayda bezchalar, ayrim
hollarda esa har ikkala tomoni shakllangan qo‘shimcha holatida ham
uchraydi.
Buyrak usti bezininghar ikkala to‘qimalari kelib chiqishi va
fimksiyasi jihatidan bir-biridan farq qilada.Bezning mag‘iz qavati -
mezodermadan, po‘stloq qavati esa-ektodermadan hosil boiadiva faqat
amfibiyalar darajasida bu qavatlar birlashsdilar.
Voyaga etgan odamlarda buyrak usti bezining po‘stloq qavati 4
zonadan iborat: 1 .yuqorigi tugunli, 2.juda ensiz oraliq, 3.o‘rta keng,bogii,
4.pastki,to‘rli zonalar.
20 yoshdan 50 yoshgacha boigan davrda tugunli va to‘rli zonalar
kehgroq boisa, 50yo,shdan boshlab to‘lig‘ich yo'qolginuga qadar
kichiklasha boradi va ulaming hisobiga bogii zona kattalashali.
291
Simpatik asab tizimi bo‘ylab tuxumdonlarda,qorin aortasining va
uyqu arteriyalarining tormoqlanish joylarida, y ’ani karotidli beziar
joylashgan bo‘ladi.Po‘stloq qavat to‘qimasi va xromaffinli to‘qimalar turli
gormonlar ajratuvchi alohida-alohida ichki sekretsiya bezlaridir.Buyraklar
singari bu bezlar ham qon bilan juda yaxshi ta’minlangan.Uning tomirlari
orqali, 1 gr.massasiga 1 daqiqa davomida 7 ml qon oqib o‘tadi.Mag‘iz
qavati esa simpatik quyosh tugunidan chiqadigan ichki simpatik asab
tolalari bilan juda yaxsh ta’minlangan.
Buyrak usti bezlarisiz hayot bo‘Imaydi, y ’ani ular olib tashlanganidan
keyin hayvon juda tez halok boladi'.masalan,itlar 3-5 kundan ortiq
yashamaydilar.Buyrak usti bezlarini ko‘chirib o‘tkazishni o‘zoq muddat
imkoni topilmagan bo‘lsada,hozirda muvoffaqiyatli bajarish imkoniyati
topildi.
Po‘stloq qismining faoliyati. Buyrak usti bezining po‘stloq qavati
hujayralari o‘zining kelib chiqishi jihatidan epiteliy hujayralariga yaqin
turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli
orqa zona va to‘rli ichki zona. Buyrak usti bezining po‘slog‘idan 46 tadan
ortiqroq gormonlar - kortiko steroidlar ajratib olingan, biroq ularning 8
tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari po‘stloq qavati steroidlari besh
guruhga bo‘linadi:
1. Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Androgenlar; 4.
Estrogenlar; 5. Gestogenlar.
Bulaming ichida glyukortikoidlar va mineralokortikoidlar katta
ahamiyatga egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar
almashinuvini, avvalo qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi.
Mineralokortikoidlarga dezoksikortikosteron va aldesteron kiradi, bular
orasida aldesteron faolroq va asosiy mineralokortikoid gormon bo‘lib
hisoblanadi. Mineralokortikoidlar koptokchali zonada ishlanib chiqiladi,
Ular buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini kuchaytirib,
kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Oqibatda, qon, limfa va to‘qima oraliq
suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko‘payib, kaliy kamayadi. Shu sababli
osmotik bosim oshib, organizmda tegishlicha tuz ushlanib turadi, qon
bosimi va boshqa xavfli muhim ko‘rsatkichlar normal darajada saqlanadi.
Mineralokortikoidlaming yetishmasligi organizmdan ko‘p miqdorda natriy
chiqib ketishiga, natijada bir qator muhim ko‘rsatkichlaming o‘zgarib
qolishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun ham buyrak usti, bezlarning
po‘stloq qavati olib tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o lib
qoladi. Bunday hayvon organizmiga ko‘p miqdorda natriy yoki
292
mineralokortikoidlar yuborib turish y o ii bilan hayntini saqlab tarisb
mumkin.
Glyukortikoidlarga kortizon, girokortizon va kortiko-steronlar kiradi.
Qo‘y va echkilar buyrak usti bezining po‘stloq qavatida kortikosteron,
yirik shoxli mollarda, cho‘chqalarda, it va mushuklarda esa bulaming har
ikkalasi sezilarli miqdorda hosil boiadi.
Giyukortikoidlar tutamli zonada ishlanib chiqadi va oqsillaming
uglevodlarga
aylanishini
tezlashtiradi.
Bu
vaqtda
oqsillaming
parchalanishi tezlashib, jigarda oksidlanish va dezaminlanish reaksiyalari
kuchayadi. Oqibatda qonda qand, jigar va muskullarda glikogen miqdori
ko‘payadi. Bu gormonlar uglevodlami yog‘ga aylanishiga ham to‘sqiniik
qiladi. Ular ko‘p miqdorda organizmga yuborilganda muskul va
biriktiruvchi to‘qima oqsillari kamayib ketadi. Erkaklik jinsiy gormonlari -
androgenlar, urg‘ochilik jinsiy gormonlari - istrogenlar va gestrogenlar,
jumladan, progesteron tocrli zonada hosil boiadi. Steroid gormonlaming
organizmda almashinuvi natijasida yuzaga kelib, qonda mavjud boladigan
17 kortikosteroidlaming miqdorini aniqlash y o ii bilan buyrak usti bezlari
po‘stloq qavatining funksional faolligi tog‘risida fikr yuritiladi. Chunki
qondagi eozinofillar va limfotsitlar miqdori ham bir ko‘rsatkich boiib,
xizmat qilishi mumkin, chunki glyukokortikoidlar bu hujayralar hosil
boiishini tormozlaydi. Buyrak usti bezlarining po‘stloq qavatining
gormonlari turli kasalliklarga, har xil turdagi noqoiay sharoitlarga (sovuq,
issiq haroratga, gipoksiya va hokazolarga) organizm chidamliligiini
oshirishda katta rol o‘ynaydi. Buyrak usti bezlarining po‘stloq qismidan
gormonlar ajralishini gipotalamus va gipofiz idora etib turadi. Gipofizi olib
tashlangan hayvonlarda bu bezlarning po‘stloq qatlami (koptokchali
zonasidan tashqari) atrofiyaga uchraydi. Gipofiz buyrak usti bezlarining
faoliyatini o‘zi ishlab chiqaradigan adrenokortikotrop gormon (AKTg)
vositasi bilan idora qiladi. Gipofiz olib tashlangan hayvonlarga shu
gormonlardan belgili miqdorda yuborib turish y o ii bilan buyrak usti
bezlari po‘stloq qavatining atrofiyaga uchrashiga y o i qo‘ymaslik mumkin.
Bu gormon organizmga surunkali ravishda yuborib turilsa, bez po‘stloq
qavatida sintez jarayonlari kuchayib, gipertrofiyaga uchraydi. Bez
to‘qimasidagi xolesterin va askorbin kislota kamayadi, chunki bular
kortikosteroidlaming sintezlanishi uchun sarflanadi. Demak, AKTgning
organizmga takroriy yuborilishi qonda kortikosteroidlar miqdorining
ko‘payishiga sabab boiadi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, AKTg
koptokchali zonaning faoliyatini va undan ajraladigan aldosteron gormoni
sekretsiyasini boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi. Keyingi vaqtda
293
olingan ma’Iumotlarga qaraganda, aldosteron sekretsiyasini epifizning
adrenoglomeronlotropin gormoni stimullab turadi. Bu gormonning
organizmga yuborilishi koptokchali zonada tegishli o‘zgarishlar yuz
berishiga va ko‘p miqdordagi aldosteronning qonga chiqarilishiga sabab
bo‘ladi. Ammo, epifiz olib tashlanganda aldosteron sekretsiyasi qisqa vaqt
ichida ko‘payib ketsa-da, keyinchalik o‘z-o‘zidan oldingi holatiga kelib
qoladi. Bundan tashqari, qon, limfa va to‘qima oraliq suyuqliklaridagi
kaliy va natriy miqdori aldosteron sekretsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Agarda organizmning ichki muhitida kaliy natriy dan ko‘payib ketsa,
aldosteron ham qonga ko‘proq chiqariladi. Organizmda kaliyning
kamayishi aldosteronning kam ajralishiga sabab bo‘ladi. Bu gormon
sekretsiyasi buyrak ham ishtirok etadi degan ma’lumotlar bor. Buyrakda
ajraladigan renin qonga o‘tib, unda tegishli oqsilni gipertenzinga
aylantiradi. Bu modda o‘z navbatida sezilarli miqdorda aldosteron ishlanib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Buyrak usti bezi po‘stloq qavati faoliyatining
boshqarilishida miya po‘stlog‘i ham ishtirok etadi.
Mag‘iz qatlamining faoliyati. Buyrak usti bezining mag‘iz
moddasidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu
gormonlar organizmda fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil
boiadi. Adrenalinning ta’siri simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan
moddalaming fiziologik ta’siriga o‘xshashdir. Uning ta’siridan ko‘z
qorachig‘i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi tezlashadi, kuchi oshadi,
muskullaming
o‘tkazuvchanligi
va
qo‘zg‘aluvchanligi
kuchayadi.
Adrenalin mayda arteriya va arteriolalami (yurak toj tomirlari va miya
tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini
tezlashtiradi, bronxalami kengaytiradi, ichak peristalikasini tormozlab,
muskullarini bo‘shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo‘zg‘atib, sfmkter-
laming yepilishiga olib keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan
ta’minlanishini yaxshilaydi. Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok
etib, glikogenning parchalanib, glyukozaga aylanishini va qonda qand
miqdorini bir normada turishini ta’minlydi, markaziy asab tizimi
qo‘zg‘aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin qon tomirlari devorining
muskullariga ta’sir etib, ularning qisqarishi, natijasida tomirlar yoiining
torayishi va qon bosimining ko‘tarilishiga sabab boiadi. Me’da - ichak
devorlari, o‘t pufagi muskullariga juda zaif ta’sir ko‘rsatadi. Uglevodlar
almashinuviga, organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin
bilan bir xil, ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir
ko‘rsatadi.
294
Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli termentlar -
aminooksidaza va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi,
shunga ko‘rabu gormonlaming ta’siri ko‘p cho‘zilmaydi.
Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati. Me’da osti bezining shira
ajraluvchi sekretor bo‘lakchalari orasida o‘zining chiqaruv yoiiga ega
boimagan alohida hujayralar guruhi bor, ular shu hujayralarni birinchi
marta tasvirlagan olimning nomi bilan Langergans orolchalari deb ataladi.
Bu orolchlar hujayralari ichki sekretor funksiyani bajaradi, ya’ni
bevosita qonga gormon ishlab chiqaradi. Gistologik tekshirishlar natijasida
bu orolchalarda har xil hujayralar borligi aniqlandi va ular alfa, betta,
gamma hujayralar deb ataladi. Shulardan beta hujayralar hammasidan ko‘p
(itlarda qariyb 75 %) bo‘ladi. Beta hujayralar insulin (lotincha - Insula -
orolcha) gormoni, alfa hujayralar esa glyukogon gormonini ishlab chiqadi.
Me’da osti bezining mayda chiqaruv yo‘llaridagi epiteliy hujayralaridan
lipokain gormonini ishlab chiqadi, degan ma’lumotlar bor. Bez
ekstraktlaridan yana bir necha gormon - vagoxonin, kallekrin va
sentropeninlar topilgan.
Me’da osti bezining eng muhim gormoni insulindir. Mering va
Minkovskiylar me’da osti bezi olib tashlangan organizmda uglevodlar
almashinuvini keskin buzilishi oqibatida hayvon halok bo‘lishini 1889
yildayoq kuzatganlar. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyati har
qancha tekshirilsa ham gormonni uzoq vaqt sof holda ajratib boimadi.
Nihoyat, 1901 yilda Z.V.Sobolev me’da osti bezidan ichki sekretsiya
mahsuloti - insulin gormonini ajratib olish usulini taklif qildi. U tabiatan
oqsil bo‘lgani uchun bezni qirqib olib, maydalaganda, bu gormon oqsilni
parchalovchi pankreatik shirasi ta’sirida parchalanib ketadi, deb o‘yladi.
Buning oldini olish uchun Z.V.Sobolev ikkita usulni taklif qildi. Bu
usullardan biri hayvon me’da osti bezi olib tashlashdan 4-5 kun oldin
bezning pankreatik shira chiqaradigan yo‘llarini mahkam bog‘lab
qo‘yishdir. Bu vaqtda shira ajratuvchi tashqi sekretor hujayralar
degeneratsiyaga uchrab, nobud bo'ladi. Oqibatda insulinni parchalaydigan
shira qolmaydi. Ikkinchi usul embrionlar me’da osti bezidan gormon
ajratib olishdir. Chunki bu vaqtda ularda hali hazm shirasi ishlanib
chiqmaydigan bo‘ladi.
1922 yilda F.Bonting va J.Best birinchi usul bilan insulin olishga
muyassar boidi. Insulinning kimyoviy tuzilishini o‘rganish natijasida
uning disulfid bog‘lari bilan birikkan 17 xil aminokislotaning ikki
zanjiridan iborat polipeptid ekanligi aniqlandi.
295
Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez qilish yo'li bilan olingan.
Insulin organimzdan tashqarida sintezlangan birinehi oqsildir. Turli
hayvonlaming me’da osti bezidan olingan insulin o‘z molekulasidagi
aminokislotalaming joylashuviga qarab bir-biridan farq qiladi. Insulinning
molekulasida rah (Zn) yo‘q, lekin u ruhni biriktira oladi, ayni vaqtda uning
ta’siri uzayadi va kuchayadi. Organizmga olloksan yuborilganda, beta
hujayralarning faoliyati buzilib, insulin sintezlanmay qoladi, bu esa diabet
kasalligiga, ya’ni qandning organizmda o‘zlashtirmay, siydik bilan chiqib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Insulin jigarda glyukozadan glikogen sintezlanishini tezlashtiradi va
uning parchalanishiga to‘sqinlik qiladi. Demak, periferik qonda qandning
bir muncha kamayishiga sabab bo‘ladi. Organizmda uglevodlar
almashinuvining oraliq mahsulotlaridan yog‘ va oqsillaming hosil
bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qondagi qand miqdori bilan me’da osti
bezidan insulinni ajralishi o‘rtasida bog‘lanish bor, boshqacha aytganda,
qonda qand ko‘paysa, insulin ham ko‘proq ishlanib chiqiladi va aksincha
Beta hujayarlar faoliyati kuchayganda yoki organizmga anchagina
miqdorda insulin yuborilganda qondagi glyukozaning aksariyat qismi
glikogenga aylanadi. Oqibatda unda qand odatdagidan ancha kamayib
ketadi, gipoglikemiya deb shunga aytiladi. Rosmana gipoglikemiya nerv
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va hatto gipoglikemik shok paydo bo‘lishi ham
mumkin, bunda markaziy asab tizimining qisqa muddatli qo‘zg‘alishidan
keyin hayvon darmoni qurib, juda bo‘shashib qoladi, og‘ir hollarda esa,
talvasaga ham tushadi va hokazo. Hayvon ancha och qolgan bo‘lsa, oz
miqdordagi insulin ham gipoglikemik shok paydo qilishi mumkin. Venaga
tegishli miqdorda glyukoza yuborish yo‘li bilan birga gipoglikemik shokka
barham beriladi. Insulin etishmaganda esa qandli deabet kasalligi kelib
chiqadi. Bu kasallik giperglikemiya (qonda qand ko‘payib ketishi),
glyukozuriya (siydik bilan
qand chiqarilishi) va qonga keton
tangachalarining chiqarilishi bilan xarakterlanadi. Diabet og‘ir hollarda
koma (komofoz holat) paydo bo‘ladi. Komofoz holatining og‘ir xili
hayotga xavf soladigan bo‘ladi va organizmning faoliyatini anchagina
izdan chiqishi bilan tavsiflanadi, hayvon juda bo‘shashib, reflekslari
susayadi yoki yo‘qolib ketadi, nafasi siyraklashib yuzaki bo‘lib qoladi,
yurak qisqarishlari tezlashadi, yoki sekinlashadi, tomirlar tonusi o‘zgaradi
va h.k. Hayvon organizmiga vaqtida insulin yuborib, komofoz holat
bartaraf etilmasa, hayvon o‘lib qolishi ham mumkin. Glyukogon me’da
osti bezining alfa hujayralaridan sintezlanadigan gormondir. Bu gormon
ta’siridan jigarda glikogenining parchalanishi tezlashib, qondagi qand
296
miqdori ko‘payadi. Shuning uchun ham bu gormon toza holda ajratib
olinmasidan ilgari giperglikemik omil deb yuriti! ardi.
cjuiiu
miqdorini idora etishda insulin bilan glyukogenning o‘zaro ta’siri alohida
o‘rin egallaydi. Alfa hujayralarining faoliyati kuchayishi natijasida qonda
qand miqdori oshadi - giperglikemiya kelib chiqadi. Shuning uchun bu
hujayralar faoliyatining kuchayishi ham qandli diabetga sababchi bo‘lishi
mumkin. Bu hujayralaming faolligi sulfanilamid preparatlar va kobalt
to‘zlari ta’sirida kuchayadi.
Glyukogon sun'iy yo‘1 bilan sintezlangan. U kristall hoidagi modda
boiib, kimyoviy tuzilishi jihatidan ancha farq qiladi.
Sipokain - polipeptid boiib, me’da osti bezining chiqaruv yo'lining
epiteliysida ishlanib chiqadi. U hazm shirasi fermentlar ta’sirida
parchalanmaydi. Sipokain fostafidlar (letsitin) hosil boiishini, ya’ni
yogiaming sarflanishiga yordam beradi. Jigami yog‘ bosib ketishidan
saqlaydi. Bu gormon etishmasa, jigami yog‘ bosadi va siydik bilan
birgalikda ko‘p miqdorda keton tanachalari chiqarila boshlaydi (diabetning
boshqa bir ko‘rinishi).
Me’da osti bezi olib tashlangan itga muntazam insulin yuborib turilsa
ham u ikki - uch oy o‘tgach, jigarini yog‘ bosishi natijasida halok boiadi.
Ammo uning organizmiga insulin yuborish bilan birga ovqatiga me’da osti
bezi ekstrakti qo‘shib beriladigan boisa, hayotini saqlab qolish mumkin.
Bu tajribalar me’da osti bezidan insulin va lipokain gormonlari haqiqatan
ham alohida-alohida ishlanib chiqishidan dalolat beradi. Lipokain gormoni
o‘z ta’sirini ko‘rsatishi uchun boshqa lipotrop (yog‘ to‘planishiga
to‘sqinlik qiluvchi) moddalar ham boiishi kerak. Vagotonin - oqsiS modda
boiib, kimyoviy tuzilishi haligacha aniqlanmagan. Bu gormon
organizmga yuborilganda adashgan nerv yadrolarining tonusi kuchayib,
parasimpatik nervning faolligi oshadi. Bundan tashqari, vagotonin qon
hosil boiish jarayonlarida ham ishtirok etadi.
Sentropenin bu ham tarkibi aniqlanmagan oqsil moddadir. U nafas
markazini qo‘zg‘atib, bronxlami kengaytiradi, gemoglobinga kislorod
birikishini kuchaytiradi. Me’da osti bezining ichki sekretor faoliyatini asab
tizimi boshqarib boradi. Jumladan, o‘ng tomondagi adashgan nervning bu
bez uchun sekretor nerv ekanligi isbotlangan. Simpatik asab vivtimi
qo‘zg‘alganda insulin sekretsiyasi tormozlanadi. Ko‘p miqdorda glyuKoza
iste'mol qilishi va natijada qonda qand ko“ pay ishi, jismoniy ish,
hayajonlanish (emotsiya) natijasida ro‘y beradigan giperglikimiya insulin
sekretsiyasini kuchaytiradi. Me’da osti beziga bevosita ta’sir etmaydigan
gormonlar (buyrak osti bezining m agiz va po‘stloq qavati, qalqonsimon
297
bez
gormonlari)
uglevodlar
almashinuvini
o‘zgartirib,
insulin
sekretsiyasini kuchaytiradi.
GIPOFIZ
Odamlarda gipofiz yoki pastki miya ortig‘i kalla suyagining turk
egari sohasida, miyaning asosida joylashgan va oyoqcha (voronka)
yordamida miya bilan tutashgan toq ichki sekretsiya bezidir. Bu bez ustki
tomondan biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula bilan o ‘ralgan va
o‘rtacha 0,4-1,1 gramm vaznga egadir. Turli hayvonlarda gipofizning
shakli va kattaligi turlichadir. Jumladan, sigirlarda 3.8, itlarda 2.1,
qo‘ylarda 0.4, cho'chqalarda 0.3 grammni, tulkilarda 50 mgni tashkil
qiladi va h.k. Gipofiz uch qismdan: oldingi (adenogipofiz), oraliq va orqa
qism (neyrogipofiz)lardan tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: |