Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin k o‘p ishlanib chiqqanda odam bo'yining



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318
2 5213200508969289537

36-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin k o‘p ishlanib chiqqanda odam bo'yining
normadan ortiqcha o'sishi-gigantizm , bu gormon kam hosil bo'lagnda b o‘y o ‘smay
qolishi-nonizm (pakana) holatining k o‘rinishi.
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o‘sishi, rivojlanishida, 
unda oqsillar, yogiar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvida katta 
ahamiyatga ega. Bu gormonlar energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak 
va jinsiy bezlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qalqosimon bezda hosil 
boiadigan tiroksin, triyodtironin va triyodteroatsetat kislota va boshqa 
ba’zi yodli birikmalar oksidlanish jarayonini, oqsillar almashinuvim 
tezlashtiradi. Ayniqsa hujayraiaming mitoxondriyasidagi oksidlanish 
jarayonini faollashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi. 
Bu 
gormonlar hujayra fermentlarining desilfed guruhlarini sulbigidril 
guruhlarga aylantirib, ularni faol lash tiradi. Organizmda qalqonsimon 
gormonlari yetishmay qolgan paytda asosiy almashinuv pasayadi. 
Organizmda ortiqcha osh tuzi va suv ushlanib qoladi. Oqibatda shish hosil 
boiadi, - suv shishlari deb shularga aytiladi. Qonda kalsiy miqdori
285


kamayadi, jinsiy faoliyat pasayadi. Urg‘ochi hayvonlarda ovulyatsiya va 
urugianish jarayonlari kuzatilsa-da, rivojlanayotgan embrion bo‘g‘oz- 
likning boshidayoq halok boiadi.
Umuman olganda, bu bezning gormonlari embriogenezda benihoya 
katta ahamiyatga ega. Qalqonsimon bez gormonlari yetishmaganida 
(gipofunksiyasida) yosh bolalar va hayvonlar o‘sishdan, rivojlanishdan 
qoladi, suyaklanish jarayonlari buziladi.
Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz) 
kretinizm kasalligini paydo boiishiga sabab boiadi. Bu paytda bo‘y 
o‘smaydi, uning og‘zi doimo ochiq boiib, tili chiqib turadi. Chunki til 
haddan tashqari o‘sib ketib ogizga sig'may qoladi. Voyaga etmagan 
hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha ishlamasa, 
Miksedema kasalligi paydo boiadi. Bu vaqtda asosiy almashinuv 
pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi, 
to‘qimalarda suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo boiadi. Organizmda 
yod kamchiligi paytida bo‘qoq kasalligi avj oladi. Bu paytda bez 
to‘qimasining yetarlicha ishlamayotganligi tufayli u gipertrofiyalanib, 
katta boiib ketadi, follikulalari ko‘payadi, ammo, ajralayotgan 
gormonlarning miqdori kam boiadi. Chunki ularning sintezlanishi uchun 
yod yetishmaydi. Infitireoid, ya’ni qalqonsimon bez gormonlarining 
faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga tiomochevina, 
tionratsil, metiltionratsil va qalqonsimon bezda gormonlarning hosil 
boiishini tormozlaydigan ko‘pgina sulfanilamid preparatlar kiradi. Ular 
anorganik 
yod 
molekulalarini 
yodgacha 
oksidlovchi, 
tirozining 
yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga aylanuvida ishtirok 
etadigan fermentlaming faolligini pasaytiradi. Bu moddalar ta’sir qilganda 
organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib tashlanganda kuzatiladigan 
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ammo bu moddalar qonda mavjud boigan va 
tashqaridan kiritiladigan gormonlarga ta’sir qilmaydi. Tireoid gormonlar 
organizmga kiritilganda oqsillar, yogiar va uglevodlar tez parchalanib, 
ko‘p sarf boiadi. Oqibatda ajralayotgan suyuqlikda azot asosan 
mochevina hisobiga ko‘payadi. Manfiy azot muvizanati kuzatiladi. 
Jamg‘arilgan yog‘ ko‘p miqdorda kamaya boradi. Tiroksin kiritlganda, 
yog‘ depolaridagi yog‘ning miqdori 70% gacha kamayib ketadi, qonda 
xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishi 
tezlashib, qonda qand miqdori bir oz ko‘payadi. Oqibatda organizmning 
fizik vazni kamayib, ozib ketadi. Diurez ko‘payadi. Ma'lum normada 
tiroksin kiriturish, sut beruvchi hayvonlaming sut mahsuldorligini, sutning
286


yogiiligini oshiradi. Tovuqlar patining o‘sishitii yaxshilaydi, tuxum 
ko‘payadi.
37-rasm. Odam qalqonsimon bezi.
0 ‘sayotgan bolalar tishining normal o ‘sib chiqishi, to‘qimalaming 
regeneratsiyasi, yaralaming tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga 
bogiiq. Bu gormonlaming markaziy asab tizimining funksional holatiga 
ta’sir qilishi diqqatga sazovordir.
Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin kiritilib turgan hayvonlar 
qo‘zg‘aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan 
boiib qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli 
reflekslarning hosil boiishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya 
po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlari pasaytirilsa, organizmga tiroksin 
yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar miya 
po'stlog'i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tiroksin 
bosh miya retikulyar formatsiyasida to‘planadi degan maiumotlar bor. 
Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, uni qonga 
yuborgan paytdagidan ko‘proq kuchayadi. Normada qalqonsimon bez 
faoliyatining kuchayishi, ya’ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning 
bo‘g‘ozlik, laktatsiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning 
giperfunksiyasi buyrak usti bezining faolligini bir muncha tormozlaydi. 
Fiziologik gipofunksiya (bez faoliyatining normadan pasayishi), qishda 
uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki Oxlash vaqtida kuzatiladi.
Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon 
ham hosil boiishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin 
ichiga 
o‘tmaydigan boigani uchun ulaming ichidagi kolloid suyuqlikning
287


tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan 
polipeptid bo‘lib, tarkibidagi aminokislotalaming joylashish tartibi turli 
hayvonlarda har xildir. Tireokalsitonin qonda kalsiy va fosfoming 
miqdorini kamaytiradi. U suyaklardan qonga kalsiy chiqarilishiga 
to‘sqinlik qilib, siydik bilan fosforning ko‘p chiqarilishiga sabab bo‘ladi va 
parotireoid bezlarning gormoni boimish paratgormonning antogonisti 
hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda kalsiy ko‘payib ketganda sezilarli 
miqdorda ajralib, qon ion tarkibining ma’lum miqdorda saqlanishida katta 
rol o‘ynaydi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin