Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318
2 5213200508969289537

y a x sh ; 
кьлаЬа 
boiadi. Adrenalinning yurak ishini tezlashtirish, vazopressinning 
(gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon) qon tomirlarini toraytirishi 
gormonlaming organlar faoliyatini o‘zgartirishiga ularning ishini 
boshqarishiga misol bo‘la oladi va hakozo.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm 
funksiyalarini boshqarishda (regulyatsiya qilishda) ishtirok etadi. Bu 
jarayonda asab tizimi yetakchi o‘rinni egallaydi. Shunday boisada, 
funksiyalaming gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan, ya’ni 
gumoral yo‘l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim.
Gormonlar bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan 
nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday boimasin ma’lum bir 
gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va unda 
tegishli o‘zgarishlami keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda 
uzluksiz ravishda hosil boiib, tegishli organlarda uzluksiz parchalanadi.
Odam va har turdagi hayvonlarning bir-xil turdagi gormonlari o‘z 
xossalari jihatidan bir-biridan odatda ko‘p farq qilmaydi. Shu sababli 
zaruriyat tugilganda bir turdagi hayvonning ko‘pchilik gormonlarini 
boshqa bir turdagi hayvonlarga yuborish mumkin.
Gormonlar bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilganidan 
keyin ular organizmning barcha organ va to‘qimalariga yetib boradi va shu 
tariqa hosil boigan joydan ancha uzoqdagi organ va to‘qimalar faoliyatiga 
ham ta’sir ko‘rsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi maxsus hujayralarda 
hosil boiadigan gormonsimon moddalar "hujayra gormonlari" boshqa 
organlarga o‘tmaydi. Shu sababli ular hosil boigan joydagina o‘z ta’sirini 
namoyon qiladi. Bunday "hujayra gormonlari"dan tashqari "to‘qima 
gormonlari" ham bor. Ular organizmning belgili qismlarida, muayyan 
to‘qimalarda hosil boiadi va hosil boiish jarayonida qo‘shni to‘qimalarga 
sizilib o‘tib turadi, shunday yo‘l bilan mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.
Gormonlar nerv impulslariga qaraganda sekin tarqaladi, biroq, 
uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar, ferment emas. Ammo ular 
fermentlami faollash y o ii bilan o‘z tasirini namoyon qilsa kerak. Shu 
sababli ular hujayralardagi jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatib, hujayralar 
membranasi o‘tkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va qaytarilish 
reaksiyalarini, ulaming ion tarkibini o‘zgartira oladi. Hujayra va 
to‘qimalarga bevosita ta’sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli 
retseptorlarga ham ta’sir ko‘rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda 
ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga
281


ham ta’sir ko‘rsatadi, degan ma’lumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar, 
kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining 
boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan-naslga o‘tishida 
ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNKga ta’sir 
ko‘rsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, qoplovchi modda- 
gistonlardan xalos boiishiga yordam beradi. Informatsion RNRning har 
bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o ‘sha gistonlardan xalos boigan 
qismidagina hosil boiadi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, 
demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organism- 
ning irsiy xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi, Organizmdagi barcha endokrin 
bezlar fuksional jihatdan bir-biriga juda aloqador, ular asab tizimi faoliyati 
bilan ham mahkam bogiangan. Ichki sekretsiya bezlari asab tizimining 
eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha jarayonlaming 
boshqarilishida ishtirok etgani bilan, o‘zining faoliyati ham neyrogumoral 
ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz o‘zgarib turgan ehtiyojiga 
moslanib boradi. Markaziy asab tizimi, birinehi navbatda, gipotalamus va 
undagi tegishli yadrolar organizmdagi turli organlaming holati, to‘qima- 
lardagi tegishli moddalaming miqdori to‘g‘risida muntazam ravishda 
axborot olib turadi. Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga 
nerv impulslari yuboradi va u orqali ko‘pchilik endokrin bezlar faoliyatiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bogiiqki, 
gipofizning bez qismi boshdan-oyoq nerv to‘qimalaridan tuzilgan va 
gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o‘z 
navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy, 
"rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan 
gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa 
bezlarning faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Gipotalamusdan tashqari 
markaziy asab tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim 
sharining 
po‘stlog‘i 
ham 
ichki 
sekretsiya bezlari 
faoliyatining 
boshqarilishida ishtirok etadi.
Muayyan ichki sekretsiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan 
organlar faoliyati bilan muntazam ravishda o‘zaro aloqada, qaytar 
bogianishida boiadi. Boshqacha aytganda, tegishli endokrin bezlardan 
nechogii ko‘p gormon ajralishi o‘sha bez ta’siri o‘tadigan organ holatiga 
bogiiq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya’ni bezning gormoni 
boshqasining holatiga ta’sir qiladi va aksincha. Endokrin bezlarning o'zaro 
aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy o‘zaro 
musbat-manfiy ta’sir to‘g‘risidagi prinsipini olg‘a surdi. Bu tamoyilgaqa 
ko‘ra, o‘zaro bogiiq boigan ikkita endokrin bezdan birining gormoni
282


ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ikkinehisining gormoni 
birinchisining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Masalan, gipofizni oldingi 
qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar 
faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim gormonlari 
gipofizning oldingi qismidan molekulalar yetilishini tezlashtiruvchi 
gormon ajralishini susaytiradi.
Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu tamoyilga 
bo‘ysinavermaydi. Shunday bo‘lsa-da, endokrin bezlarning qaytar 
bogianishda ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral y o i bilan 
boshqarilishida salmoqli o‘rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil 
gormon ajratadi. Bu gormonlaming ayrimlari bir funksiyaga bir xil 
yo‘nalishda ta’sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta’sir qiladi. 
Masalan, gipofizning lyuteinlovchi va follikulalar yetilishini jadallash- 
tiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta’sir qiladi. 
Me’da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga qarama- 
qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ulaming birinchisi qonda qand miqdorini 
kamaytirsa, ikkinchisi esa ko‘paytiradi. Shunday boiishidan qat’iy nazar, 
endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga nihoyatda 
mos keladigan bir ravishda ajraladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin