bosimini oshiradi. Qon tomirlarining o‘zi torayib, qon bosimi obiigau
bo‘lsa, serotonin ichak peristaltikasini, gipofizning keyingi qismidan
qonga vazopressin chiqarilishini tezlashtiradi, antidiuretik xususiyati ham
bor. Bir neyrondan ikkinchi neyronga impuslami o‘tkazish - mediator
vazifasini ham o‘taydi. Melatonin maxsus ferment ishtirokida serotonindan
hosil bo‘ladi. Melatonin - melanoforlarga, ya’ni ba’zi hayvonlaming
terisida bo‘ladigan maxsus pigment hujayralariga faol ta’sir etadi. U
o‘zining ta’siri bilan intermedinga qarama-qarshi bo‘lgani uchun terini
oqartiradi.
Adrenoglomerulotropin - kimyoviy tuzilish jihatidan
melatoninga yaqin turadi. Bu gormon buyrak usti bezi po‘stloq qavatining
koptokchali zonasiga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: