Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


GIPOFIZ FAOLIYATINING BOSHQARILISHI



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   318
2 5213200508969289537

GIPOFIZ FAOLIYATINING BOSHQARILISHI
Gipofizning sekretsiyasi, ya’ni undan gormonlar ajralishi organism- 
ning holatiga, tashqi muhitning o‘zgarishiga ko‘p bogiiq. Ekstero va 
interoretseptorlarning turli y o l bilan ta’sirlanib qo‘zg‘alishi gipotalamus 
orqali gipofizga uzatiladi. Gipofizning barcha qismlari bilan gipotalamus 
o‘rtasida chambarchas boglanish mavjud. Yuqorida aytilganidek, 
gipotalamusning suprooptik va paraventrikulyar yadrolarida hosil boiadi­
gan sekretlar alohida yoilar orqali gipofizning keyingi qismiga o‘tadi va u 
yerdagi asab tizimi terining maxsus qismlarida yiglladi. So‘nqra 
keladigan nerv impulslarining soni va kuchiga yarasha qonga chiqarilib 
turiladi. Shuningdek gipofizning oldingi va oraliq qismlari ham nerv va 
qon orqali gipotalamus bilan bogiangandir. Gipofizning oyoqchasini kesib 
gipotalamus bilan aloqasini uzsak, gipofizdan ni stimullovchi, lyutein- 
lovchi, somatotrop, tireotrop, adrenokortikotrop gormonlar ishlanib 
chiqishi ma’lum vaqt to‘xtab, melanofor gormoni sekretsiyasi kuchayadi. 
Gipotalamusning turli yadrolari gipofiz faoliyatiga turlicha ta’sir 
ko‘rsatadi, ya’ni alohida olingan gormonning gipofizdan ishlanib chiqishi 
gipotalamusning muayyan, neyrosekretiga bogiiq. Keyingi paytlarda 
adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, somatotrop gormonlarining 
gipofizdan ishlanib, qonga chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar - 
omillar gipotalamus to‘qimasidan olindi.Organizmdagi boshqa endokrin 
bezlarning gormonlari ham gipofizning faoliyatiga bevosita va asab 
faoliyati orqali ta’sir ko‘rsatadi.
JINSIY BEZLARNING ICHKI SEKRETSIYASI
Jinsiy bezlar urug‘ yoki tuxum hujayralarini yetkazib berishdan 
tashqari, bir qator gormonlami ishlab qonga chiqarib turadi. Jinsiy 
gormonlar jinsiy apparat fimksiyasini hamma tomonlariga, organizmning 
umumiy holatiga, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo boiishi va boshqa 
bir qator jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Urug‘donlarda erkaklik, tuxum- 
donlarda urg‘ochilik jinsiy gormonlari hosil boiadi.
Erkaklik jinsiy gormonlari yoki androgenlar jumlasiga testosteron, 
androsteron, izoandrosteron, degidroandrosteron va boshqalar kiradi. Bu 
gormonlarning ichida eng faoli testosterondir. U urug‘donlardagi Leydig 
hujayralarida ishlanadi. Erkaklik jinsiy gormonlarining ishlanishida Sertoli 
hujayralari ham ishtirok etsa kerak. Urug‘donlaming ichki sekretorlik
302


faoliyati ulardagi spermatogenez jarayoni bilan cnambarchas bogiiq. 
A.V.Nemlonning fikricha, erkaklik jinsiy gormonlarining hosil boiishi 
Sertoli simplastida spermatozoidlar ishlanib chiqishiga aloqador. Sper- 
matozoidlaming hosil bo‘lishi qancha tez kechsa, Sertoli hujayralarining 
protoplazmasi ham shuncha tez parchalanadi va shuncha ko‘p jinsiy 
gormonlar hosil bo‘lib, qonga chiqariladi. Testosterondan tashqari barcha 
androgenlar shu gormonni organizmda almashinuvi natijasida hosil 
boiadigan mahsulotlardir. Erkaklik jinsiy gormonlarining organizm uchun 
ahamiyati to‘g‘risida tasawurga ega bo‘lmoq uchun, birinchidan 
hayvonlarni kuzatish kifoyadir. Erkak hayvonlar bichilganda (axtalan- 
ganida) sperma hosil qilish xususiyatini yo‘qotishi bilan birga ulaming 
organizmida, xulq-atvorida ham bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunday 
hayvonlar tinch, yuvosh va semirishga moyil bo‘lib qoladi, ikkinchi jinsiy 
belgilari regresstyaga uchrab, yo‘qola boradi. Bichilgan hayvonga boshqa 
hayvonning urug‘doni ko‘chirilib o ‘tkazilsa, unda yana erkaklik 
xususiyatlari, jinsiy reflekslar paydo bo‘la boshlaydi. Lekin ko‘chirib 
o‘tkazilgan urug‘don so‘rolib ketishi bilan bu xususiyatlar yana yo‘qolib 
ketadi. Bulaming hammasi erkaklik hususiyatining namoyon boiishida 
androgenlar, ya’ni erkaklik jinsiy gormonlarining benihoya katta 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Urg‘ochi hayvonlar 
tuxumdonlaridagi ining hujayralarida estrogenlar - urg‘ochilik jinsiy 
gormonlari sintezlanadi. Estrogenlar sintezlanib chiqqan sayin ning ichida 
ulardagi suyuqlikda yig‘ilib turadi. Urg‘ochilik jinsiy gormonlariga 
estradiol va uning organizmidagi almashinuvi tufayli hosil bo‘ladigan 
estron, estriol va estradiol kiradi. Bulaming ichida eng faoli estradioldir. 
Estrogenlar urg‘ochi hayvonlar jinsiy apparatini doimo tonusda saqlaydi. 
Jinsiy siklda, ikkinchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin, silliq pardalarining 
o‘sishiga, sut bezlarining yetilishiga, oqsillar, anorganik moddalar (kaliy) 
almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, kapillyarlar devorining o‘tkazuvchanligini 
oshiradi, oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi. Urg‘ochi hayvonlarda bu 
gormonlardan tashqari, sariq tanachasida progesteron hosil boiadi. 
Progesteron gipofxzda gonadotrop gormonlar hosil boiishiga va ning 
yetilishiga to‘sqinlik qiladi va shu tariqa bo‘g‘ozlikning boshdan-oyoq 
jinsiy gormonlarga bogiiqligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi 
tajribani o ‘tkazish mumkin. Erkak hayvonlarga tuxumdonlami, urg‘ochi 
hayvoniarga umg‘donlar ko‘chirib o ‘tkazsak, bu vaqtda erkak hayvonlarda 
urg‘ochiga xos jinsiy belgilar, urg‘ochi hayvonlarda esa erkakka xos jinsiy 
belgilar paydo b o ia boshlaydi va bu belgilar organizmga ko‘chirib 
o‘tkazilgan jinsiy bezlar so‘rilib ketguncha saqlanib turadi. Biroq shu ham
303


borki, urug‘donlarda bir oz miqdorda urg‘ochilik, tuxumdonlarda esa 
ozgina erkaklik jinsiy gormonlari hosil bo‘lib turishi keyingi vaqtlarda 
o‘tkazilgan bir qator tajribalarda isbotiandi. Jinsiy gormonlarning hosil 
bo‘lishi asab tizimi va uning oliy qismi bo‘lmish katta yarim sharlar 
po‘stlog‘i yordamida boshqariladi, bu jarayonda gipofiz ham ishtirok etadi.
Jinsiy anomaliyalari ham bo‘ladi. Ayrim hollarda bir hayvonning 
o‘zida ham erkakka, ham urg‘ochiga xos jinsiy bezlar (ham urug'don, ham 
tuxumdon) mavjub bo‘ladi. Bunday holat germafroditizm deyiladi. Lekin 
bunda ikkala jins uchun ham xos bo‘lgan belgilar bir xilda uchramaydi va 
odatda, biror jinsga xos belgilar boshqasidan biroz bo‘lsa ham ustun 
turadu.
Agar jinsiy bezlar tug‘ilishidan rivojlanmay qolsa yoki o‘z faoliyatini 
yo‘qotsa, bunga yevmixoidizm deyiladi. Hayvon jinsiy tizimi rivojlanmay 
qolsa, katta bo‘lganida yosh hayvonlar uchun xos belgilami saqlab qolishi 
mumkin, bunga infontilizm deyiladi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin