Navbatdagi ta’sirot oldingi ta’sirotdan hosil bo‘lgan qo‘z g ‘alishning supernormal (ekzaltatsiya) fazasiga tushgandagina to‘qima yaxshi, to‘la qo‘zg‘aladi. To‘qimaning to‘la qo‘zg‘alishini ta’minlydigan ta’sirot chastotasiga optimal ta’sirot chastotasi deyiladi. Somatik nervlar ko‘pi bilan sekundiga 500 ta tezlik bilan qo‘zg‘ala oladi deb aytib o ‘tgan edik. Lekin shu nervlar sekundiga 500 marta qo‘zgatilsa, navbatdagi har bir ta’sirot, oldingi ta’sirot hosil qilgan qo‘z g ‘alishning supemormal- ekzaltatsiya fazasiga duch kelmay, balki oldinroq tushib qoladi. Oqibatda u nervlar t o ia qo‘zg ‘almaydi. Bundan ko‘rinadiki optimal ritm maksimal ritmdan kamroq bo‘ladi. Masalan, somatik nervlarning maksimal ritmi 500 taga teng bo‘lgani holda optimal ritmi 100-150 taga teng. Ta'sirot chastotasi optimal chastotadan oshirilsa, to ‘qimaning qo‘zg ‘alishi ortishi o ‘rniga keskin susayadi. Agar ta’sirot chastotasi yana ham tezlashtirilib, 317
to‘qimaning labillik oichovidan (me'yoridan) ham oshirilsa, to'qima mutlaqo qo‘zg ‘almay qo‘yadi. T o‘qimaning qo‘zg‘alishini yomonlash- tiradigan ana shunday ta’sirot chastotasiga pessimum chastota deyiladi. Ta'sirot chastotasi to‘qimaning labillik oichovidan oshganda navbatdagi har bir ta’sirot qo‘zg ‘alishning mutloq refrakter fazasiga duch kelaveradi. Natijada to‘qimaning labilligi pasayadi va tormozlanish vujudga keladi. Ta'sirot chastotasidan tashqari uning kuchi ham optimum va pessimumni keltirib chiqarishi mumkin.Ta'sirot chastotasini o ‘zgartirmasdan, kuchini oshiraversak, ta’sirot kuchi ma’lum chegaraga yetguncha to‘qimaning qo‘zg ‘alishi oshaveradi. To‘qimani eng yaxshi qo‘zgatadigan ta’sirot