tarqalishi uchun sharoit tug‘iladi. Shunga ko‘ra N.E.Vvedenskiy labillik, 319
ya’ni funksional harakatchanlik deganda mazkur apparatning fiziologik faoliyati bilan birga davom etadigan eng oddiy reaksiyalarning ozmi- ko‘pmi tezligini tushungan. Labillikni ifodalash uchun o ‘ziga xos o ‘lchov (me'yori) bor. Labillik o ich o v i (me'yori) deb to‘qima vaqt birligida tez-tez ta’sirlanganda, uning shu vaqt davomida hosil qilgan qo‘zg ‘alishlarining maksimal soniga aytiladi. Turli to‘qimalarning qo‘zg ‘alish imkoniyati turlicha. Masalan, mielinli somatik nerv tolalarining labilligi baland, shu sababli ular sekundiga 500 tagacha impuls hosil qilib o ‘tkazishi mumkin. Mielinsiz vegetativ nerv tolalarining labilligi esa pastroq, shu sababli ular sekundiga 200 martagacha qo‘z g ‘alish imkoniyatiga ega bo‘lgani holda, silliq muskullar bo‘larga qaraganda un baravardan kamroq qo‘zg‘aladi. Labillik to‘g ‘risidagi N.E.Vvedenskiy ta’limotini A.A.Uxtomskiy ritm- laming o ‘zlashtirishi ta’imoti bilan to‘ldiradi. Gap shundaki, to‘qimalarning labilligi ularning qo‘zg ‘alishi paytida, ya’ni faoliyati davomida o ‘zgaradi. Agarda ta’sirot chastotasi va kuchi to‘qimaning qo‘zg ‘alish holatiga mos kelsa, qo‘zg ‘alish davomida to‘qimaning labilligi oshadi. Aksincha, ta’sirot chastotasi va kuchi to‘qimaning qo‘zg ‘alish holatiga mos kelmasa, (haddan tashqari tez va kuchli bo‘Isa), qo‘z g ‘aiish davomida to‘qimaning labilligi pasayadi. A.A.Uxtomskiy qo‘zg ‘alish davomida to‘qima labilligining oshishi yoki kamayishini ritmlaming o ‘zlashtirilishi deb atadi. Dastlab past labillikka ega bo‘lgan to‘qimalar