muayyan vaqtgacha shakli va holati bir qadar o ‘zgarib qoladi. Muskul shakli, holatining o ‘zgarib qolishi unga ta’sir qilgan kuch bilan birga plastlikligiga ham bog‘liq. Muskulning muayyan kuch ta’sirida o ‘zgargan shaklini saqlash xususiyatiga plastikligi deyiladi. Muskulning tonusi. Organizmdagi muskullarda markaziy asab tizimi doimo, to‘xtovsiz ravishda zaif impulslar yuborib turadi. Shu sababli muskullar hamisha bir qadar qo‘zg‘algan holatda-tonusda bo‘ladi. Muskul bilan markaziy nerv tizimining aloqasi uzilsa, muskul tonusi yuqolib, batamom bo‘shashib qoladi. Muskullaming ishi. Organizmdagi muskullar har gal qisqarganda ma’lum ish bajaradi. Muskullaming bajargan ishi kilogramm-metr bilan ifodalanadi. Masalan, muskul 1 kg yukni 1 m balandlikka ko‘tarsa, bir kilogramm-metr( 1 kgm) ish bajargan bo‘ladi. Muskulning kuchini aniqlash uchun u ko‘tara oladigan maksimal yuk aniqlanadi. Sharoit birday bo‘lganda muskul kuchi uning uzunligiga emas, balki ko‘ndalang kesimiga bog‘liq: muskulning fiziologik ko‘ndalang kesimi, ya’ni muskuldagi hamma tolalar ko‘ndalang kesimlarining y ig ‘indisi qancha katta boMsa, u ko‘tara oladigan yuk o ‘shancha katta bo‘ladi. Tolalari parallel holda o ‘rnashgan muskullaming fiziologik ko‘ndalang kesimi geometrik ko‘ndalang kesimiga mos keladi, tolalari qiyshiq yotgan (masalan, patsimon tolali muskullar) muskullarda tolalar ko‘ndalang kesimlarining yig ‘indisi muskulning geometrik ko‘ndalang kesimidan ancha ortiq bo‘ladi. Shu sababli tolalari qiyshiq yotgan muskulning kuchi tolalari parallel yotgan xuddi shunday qalinlikdagi muskulning kuchidan ancha ortiq bo‘ladi. Har xil muskullaming kuchini taqqoslab ko‘ra bilmoq uchun muskul ko‘tara oladigan maksimal yuk fiziologik ko‘ndalang kesimining