santimetr kvadratlarining soniga bo‘linadi va shu y o ‘l bilan muskulning mutloq kuchi aniqlanadi. Odam boldir muskulining mutloq kuchi 5,9 kg sm kvadrat, baqaniki 3 kg sm kvadrat atrofida bo‘ladi. Bir qator tajribalar muskul o ‘rtacha yuk ko‘targanda ko‘proq foydali ish bajarishini isbotladi, ya’ni yuk o ‘rtacha bo‘lganda muskulning vaqt birligida bajargan ishi bilan o ‘lchanadigan quw ati maksimal darajaga yetadi. Muskulning ishi va quvvatining yukga bog‘liqligi o ‘rtacha yuklamalar qoidasi deb ataladi. 325
MUSKULLARNING QISQARISHI Muskul qisqarganda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar, asosan ikki fazada: kislorodsiz-anaerob fazada va kislorodli-aerob fazada o ‘tadi. Bu ikkala fazada bir qancha kimyoviy o ‘zgarishlar yuz berib, energiya ajralib chiqadi, ana shu energiyaning hisobiga muskul qisqaradi va ish bajaradi. Anaerob faza - muskulning qisqarishi uchun zarur energiya ana shu fazada hosil boiadi. Dastlab adenozintrifosfat kislota adenozindifosfat, adenil va fosfat kislotalarga parchalanadi. Shu reaksiya natijasida energiya ajralib chiqadi va bu energiya muskulning qisqarishi uchun sarflanadi. Adenozintrifosfat kislotasining parchalanishidan hosil b oig an fosfat kislota glikogen bilan birikib, geksozafosfat hosil qilish uchun sarf boiadi. Anaerob fazaning ikkinchi bosqichida kreatinfosfat kislota kreatin va fosfat kislotaga parchalanadi. Bu reaksiya paytida ham energiya ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan energiya hisobiga hosil b oigan fosfat kislota, adenozindifosfat va adenil kislotalar birikib yana adenozintrifosfat kislotani hosil qiladi. Anaerob fazaning uchinchi bosqichida geksozafosfat