sut kislota bilan fosfat kislotalarga parchalanadi, oqibatda ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan energiya hisobiga hosil b oigan fosfat kislota kreatin bilan birikib, kreatinfosfat sintezlanadi. Shunday qilib, bu fazada birin-ketin boiadigan reaksiyalar natijasida adenozintrifosfat va kreatinfosfat kislotalar qayta hosil b oia d i va ma’lum miqdorda sut kislota ajralib chiqadi. Aerob faza. Anaerob fazaning oxirida hosil b oig an sut kislota kislorod ishtirokida karbonat angidrid va suvgacha parchalanadi. Lekin sut kislotaning hammasi suv va karbonat angidridgacha parchalanmay faqat 1/5 qismigina parchalanadi. Bu reaksiya natijasida ham energiya hosil b oiadi. Ana shu hosil b oigan energiya hisobiga parchalanmay qolgan 4/5 qism sut kislota yana glikogenga sintezlanadi. Muskulda sodir boiadigan kimyoviy jarayonlar to‘g ‘ri kechganda unda ATFning miqdori kamaymaydi. Faqat ma’lum miqdorda glikogen sarf b o iib boradi, xalos. Muskulda glikogen tanqisligi yuz berganda y o g ia r va oqsillar ham parchalana boshlaydi va energetik manba sifatida sarf b o iib borishi mumkin. Yuqorida qayd qilinganlardan ko‘rinadiki, muskulning qisqarishi uchun kislorod b o iish i shart emas, kislorod boimaganda ham muskul qisqara oladi. Lekin muskul kislorodsiz uzoq vaqt davomida qisqara olmaydi. ATF, kreatin-fosfat va geksozafosfatlaming tanqisligi va sut kislotaning to‘planib qolishi tufayli, tezda charchab qoladi. 326
MUSKULLARNING CHARCHASHI Ayrim organ va to‘qimalarning ishlashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga ulaming charchashi deyiladi. A ’zo yoki to‘qima