Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


o ‘ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati vegetativ



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   318
2 5213200508969289537

o ‘ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskulning ish qobiliyati vegetativ,
ayniqsa uni simpatik bo‘limi ta’sirida o ‘zgarishini, ya’ni muskul charchab
turganida unga keladigan simpatik nerv ta’sirlansa, muskulning yana
qaytadan ishlay boshlashini o ‘z laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda
simpatik nerv muskulda sodir bo‘layotgan moddalar almashinuvini
o ‘zgartirish y o ‘li bilan uning ishlashini yaxshilaydi.
QO‘ZG‘ALUVCHAN TO‘QIMALARDAGI BIOELEKTR
HODISALARI
Qo‘zg ‘alish kelib chiqqanda va tarqalganda to‘qimalarda elektr
hodisalari ro‘y beradi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda elektr hodisalari
327


boiishining kashf etilishi Luidji Galvanining nomi bilan bogiangandir.
Galvani «hayvonlardagi elektr» ni kashf etishga olib kelgan dastlabki
tekshirishlarini 1780 yilda o ‘tkazgan edi (Galvani tirik to‘qimalardan
topilgan elektmi hayvonlardagi elektr deb atagan edi). Galvani o ‘z
tajribalarida baqaning oyoqlari balkonning temir panjarasiga mis ilmoq
bilan osib qo‘yilsa, ular panjaraga har gal tekkanida titrab tushganini
payqadi. Galvani ana shu kuzatishlami va boshqa tajribalarini 1791 yilda
bosilib chiqqan «Muskul harakatidagi elektr kuchlari to‘g ‘risida traktat»
nomli mashhur asarida bayon qildi. Uning o ‘z kitobida yozishicha, orqa
miyada elektr toki kelib chiqadi, bu tok mis simlardan o ‘tib, muskullami
qisqartiradi.
Galvanining zamondoshi, u bilan birday shuhrat qozongan Aleksandr
Volta 
Galvanining 
tekshirishlariga 
qiziqib 
qoldi. 
Dastlab 
Volta
Galvanining qarashlarini yoqladi, lekin tez orada hayvonlarda qanday
bo‘Imasin elektr toki y o ‘q degan fikrda turib oldi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin