Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi


-rasm. Kalsiy almashinuvida paratgormon va kalsitoninning ahamiyati



Yüklə 14,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/318
tarix25.09.2023
ölçüsü14,15 Mb.
#148184
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   318
2 5213200508969289537

38-rasm. Kalsiy almashinuvida paratgormon va kalsitoninning ahamiyati.
1-qalqonsimon bez, 2-q on tomirlari, 3-suyak, 4-buyrak, 5-hazm y o ‘Hari.
Paratgormon kalsiy so ‘rilishini kuchaytiradi, kalsitonin gormoni esa susaytiradi
Organizmga kalsiy to‘planib qolishiga sabab boiadigan moddalar - 
kalsiy va vitamin Dni yetarli miqdorda berib turish tetaniya paydo 
boiishiga vaqtincha to‘sqinlik qiladi. Paratireoid bezchalardan ishlanib, 
qonga o‘tib turadigan paratgormon oqsil modda boiib, organizmda kalsiy 
va fosfor almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon 
etishmaganda qonda kalsiy kamayadi. Odatda, organizmda paratgormon 
suyak to‘qimadan belgili miqdordagi kalsiyning qonga chiqib turishini va 
shu tariqa qondagi kalsiy miqdorining normal darajada saqlanishini 
ta’minlydi. Bundan tashqari, paratgormon ichaklardan kalsiyni qonga 
so‘rilishini, buyrak kanalchalarida kalsiy reabsorbsiyasini kuchaytiradi, 
suyaklarda asteoklastlaming ko‘payishini ta’minlydi.
Natijada qonda kalsiy miqdori odatda doimo m aium miqdorda 
(normada 9-12 mqr % atrofida) saqlanib turadi. Paratgormon siydik bilan 
fosfatlar chiqishini kuchaytiradi. Paratireoid bezchalar olib tashlanganda 
yoki ular faoliyati buzilganda, paratgormon etishmay qolishi tufayli qonda 
kalsiy miqdori kamayib 7 haftada 5 mqr % ga tushib qoladi. Fosfatlar 
ko‘payib ketadi. Bu esa, miya po‘stlog‘i funksional holatining buzilishiga 
olib keladi. Orqa miya uzunchoq miyaning qo‘yirog‘idan kesib qo‘yilsa, 
tetaniya hodisalari to‘xtaydi. Paratgormon hayvonga ichirilganda uning 
aksariyat qismi oshqozon-ichak tizimida faolligini yo‘qotadi. Shuning 
uchun ham bu gormonni qonga yuborish yaxshi natija beradi. Paratgormon
290


uzoq vaqt davomida organizmga ko‘p 
m iqdorda y u b o n isa, yo ki 
paiaureoiu 
bezlarning funksiyasi kuchayib ketsa, organizmda kalsiy va fosfor 
almashinuvi buziladi. Qonda kalsiy miqdori ko‘payib, muskullaming ish 
qobiliyati pasayadi, organizm tez charchaydigan boiib qoladi. Siydik va 
axlat bilan kalsiy ko‘p ajratiladi. Paratgormon - organizmga paydar-pay 
ko‘plab yuboriladigan boisa, buyrak faoliyati buzilib, organizm halok 
boiishi mumkin.
Paratireoid bezchalar faoliyatining boshqarilishi.Qondagi kalsiy 
ionlari bez to‘qimasiga bevosita faol ta’sir ko‘rsatishi mumkin boiganidan 
bu bezchalar faoliyatining boshqarilishida qondagi kalsiy miqdorining 
ahamiyati katta. Qonda kalsiy kamayganda, paratireoid bezlar ichki 
sekretsiyasi kuchayadi, ko‘payganda esa susayadi. Paratireoid bezlaridan 
tarkibida 
kalsiy 
ionlari 
boimagan 
qon 
o‘tkazilsa 
(perfuziya), 
paratgormonning ko‘p ajralishini ko‘ramiz. Demak, qondagi kalsiy ionlari 
miqdori bilan paratgormonning ajralishi o‘rtasida qaytar bogianish 
mavjud. Qondagi kalsiy miqdori ham paratgormon tufayli nisbatan doimo 
o‘zgarmas darajada boiadi.

Yüklə 14,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin